Botirova Nasiba Djurabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped602.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Botirova Shaxlo Isomiddinovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati o‘qituvchi bilan o‘quvchining ijodiy muloqoti natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi empirik va nazariy shart-sharoitlarning ierarxik darajasini didaktik komponentlar bilan reproduktiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlanishi o‘quv-bilish faoliyat sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quvchilarni axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich tayyorlash hamda o‘zaro ta’sir sub’ektlari munosabatlarning konseptual jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati mantiqiy rivojlantiruvchi topshiriqlarning murakkablik va dinamik modellari bo‘yicha kognitiv, affektiv va psixomotor o‘quv maqsadlarini ta’lim mazmuniga proporsional moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati komponentlari pedagogning shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik traektoriyasini ta’lim maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak  boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qitish jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati o‘qituvchi bilan o‘quvchining ijodiy muloqoti natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi empirik va nazariy shart-sharoitlarning ierarxik darajasini didaktik komponentlar bilan reproduktiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-115 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini tahlil qilish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlanishi o‘quv-bilish faoliyat sifat va samaradorligini oshirtshga qaratilgan o‘quvchilarni axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich tayyorlash hamda o‘zaro ta’sir sub’ektlari munosabatlarning konseptual jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 iyuldagi 02-07-1896/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati mantiqiy rivojlantiruvchi topshiriqlarning murakkablik va dinamik modellari bo‘yicha kognitiv, affektiv va psixomotor o‘quv maqsadlarini ta’lim mazmuniga proporsional moslashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-115-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning ierarxik modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyati komponentlari pedagogning shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik traektoriyasini ta’lim maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-115-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish