Xudoyorova Munira Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy she’riyatida qit’a janri”,  10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil369.
Ilmiy rahbar: Asadov Maqsud Husenovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti,   DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Husniddin, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy   she’riyatining o‘ziga xos janrlaridan biri bo‘lgan qit’a janrining mohiyati, vazn, qofiya, ifoda usuli, obrazlar tizimi kabi spesifik va ijtimoiy, axloqiy, ta’limiy, irfoniy, ishqiy ma’nolarini ochib berish, qit’aning ulug‘ mutafakkir shoir ijodida tutgan mavqeini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy she’riyatida qit’a janrining poetikasi, qit’aning turkiy yozma adabiyotning ilk davrlaridan boshlab XV asrnig I yarmigacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, zohid, orif, olim, murshid, oshiq, faqir, falon kabi bir qator obrazlar tizimiga va ijtimoiy, axloqiy, irfoniy g‘oyalar, shuningdek, vazn, qofiya, kompozisiya, tasvir vositalari kabi badiiy xususiyatlarga egaligi asoslab berilgan;
XII-XV asrning 1-yarmi o‘zbek mumtoz she’riyatida yaratilgan qit’alarning ta’limiy, tarbiyaviy, ishqiy mavzularga ko‘ra mushtarak va obrazlar olamining rang-barangligi, tarixiy davr, ijtimoiy muhit tasviri hamda shoir tarjimai holiga yaqinligi jihatidan farqli tomonlari, ularning Navoiy turkiy qit’alariga ta’siri masalalari oydinlashtirilgan;
Navoiy qit’alarida shoir yashagan tarixiy, madaniy va adabiy muhit tasviri, qit’alarning mavzu ko‘lami, ma’no qamrovi, ifoda yo‘li va usullari, lirik qahramon xarakteriga xos adolatparvarlik, oliyhimmatlik, haqsevarlik va donishmandlik fazilatlari dalillangan;
Navoiy qit’alarining XVI-XIX asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida qit’a janri rivoji, qit’alarning ma’rifiy mazmun kasb etishi, timsollar olamining boyishiga ko‘rsatgan beqiyos ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qit’a janrining genezisi, jumladan, Alisher Navoiy qit’alarining mohiyati, poetik xususiyatlari va obrazlar tabiatini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
Alisher Navoiy she’riyatida qit’a janrining poetikasi, qit’aning turkiy yozma adabiyotning ilk davrlaridan boshlab XV asrnig I yarmigacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, zohid, orif, olim, murshid, oshiq, faqir, falon kabi bir qator obrazlar tizimiga va ijtimoiy, axloqiy, irfoniy g‘oyalar, shuningdek, vazn, qofiya, kompozisiya, tasvir vositalari kabi badiiy xususiyatlarga egaligi asoslab berilgan takliflar O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadkikot institutida  2017 – 2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 11 martdagi 17.01/270-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy ijodida o‘ziga xos o‘rin tutgan lirik janrlardan biri – qit`aning shakllanish omillari aniqlanib, tarixiy taraqqiyoti, g‘oyaviy-badiiy olami, tasavvufiy, islomiy mazmun-mohiyati yoritilgan; adabiy timsollarning muhim xususiyatlari ochib berilgan hamda Navoiy qit`alari sarlavhalari bilan bog‘liq ilmda mavjud fikrlarga to‘la oydinlik kiritilgan. Mazkur fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
XII-XV asrning 1-yarmi o‘zbek mumtoz she’riyatida yaratilgan qit’alarning ta’limiy, tarbiyaviy, ishqiy mavzularga ko‘ra mushtarak va obrazlar olamining rang-barangligi, tarixiy davr, ijtimoiy muhit tasviri hamda shoir tarjimai holiga yaqinligi jihatidan farqli tomonlari, ularning Navoiy turkiy qit’alariga ta’siri masalalari oydinlashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qorakalpogiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 11 martdagi 17.01/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy xalqlar adabiyotida qo‘shiq, lapar, to‘rtlik kabi janrlarning yuzaga kelishi va yozma adabiyotda transformatsiyalashuvining o‘ziga xos jihatlari aniq misollar bilan ko‘rsatilgan; qit’a janrining genezisi, tarixiy takomili va yozma adabiyotda o‘rinlashishiga doir ilmiy qarashlar loyihaga tatbiq etilgan; lirik kahramonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ochib berish, oshiq, ma’shuqa, orif, rind, faqir, donishmand singari qator obrazlar tabiatining o‘ziga xos badiiy talqinlarini yoritish, xalq termalaridagi poetik ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan roviyona uslub, sodda ifoda tarzi va tasvir yo‘sinidagi alohidalikni dalillashda dissertatsiyadagi qit’a lirik janri nazariyasiga oid qarashlar, ayniqsa, fundamental loyiha doirasida olib borilgan badiiy matn va nutq haqida tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
Navoiy qit’alarida shoir yashagan tarixiy, madaniy va adabiy muhit tasviri, qit’alarning mavzu ko‘lami, ma’no qamrovi, ifoda yo‘li va usullari, lirik qahramon xarakteriga xos adolatparvarlik, oliyhimmatlik, haqsevarlik va donishmandlik fazilatlari yorqin misollar asosida dalillangan; Navoiy qit’alarining XVI-XIX asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida qit’a janri rivoji, qit’alarning ma’rifiy mazmun kasb etishi, timsollar olamining boyishiga ko‘rsatgan beqiyos ta’siri ochib berilgan takliflar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Adabiyot va hayot”, “Jarayon”, “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 20 maydagi  01-02/84-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar Alisher Navoiy qit’alarining badiiyati, obrazlar tizimi, g‘oyaviy-semantik xususiyatlari, til va uslub masalalari, qolaversa, yoshlar ma’naviy kamolotini yuksaltirishda shoir g‘oyalarining ma’naviy-ma’rifiy qimmati va ahamiyati, shuningdek, o‘tmish ajdodlarimiz ma’naviyatiga muhabbat tuyg‘usini oshirishga doir nazariy fikrlar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish