Xodjalepesova Indira Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Antropotsentrik xususiyatlarni tavsiflashda rang simvolizmi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1065.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bazarbaeva Al`bina Mingalievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli va qardosh tillar materialida antropotsentrik xususiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanadigan rang ifodalovchi leksik, frazeologik va paremiologik birliklarni aniqlash hamda taqqoslanayotgan tillarda rang ramzlarining universal va etnomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ranglarning inson idrokiga ijobiy va salbiy psixologik ta’siri (black mail (shantaj) – salbiy ta’sir; oq fotiha – ijobiy ta’sir; ishi qara (ichi qora) – salbiy ta’sir) ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida so‘zlashuvchilar orasida ijtimoiy, moddiy, oilaviy, sog‘liq bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra rang belgilarining aniq va o‘ziga xos assotsiativ mazmuni bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi oq, qora, qizil, ko‘k, sariq, yashil va boshqa ranglarni ifodalovchi leksemalarning insonning tashqi (yoshi, ko‘rinishi, holatini, salomatlik, kasbiy mehnat) (green eye – juda yosh, murni qizil qara qan boldi – burni qonagan, beti qip-qizil – sog‘lom, blue coat – polisiya xodimi) va ichki xususiyatlarini (ruhiy holati, xarakteri, psixologik reaksiyalari) (qara niyetli – qora niyatli inson, qizarib ketmoq, see red – jahli chiqqan) ifodalashning semantik ma’nosi ishlab chiqilgan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi leksik (white – oq – aq), frazeologik (blue blood – oq suyak – aq suyek) va paremiologik sathlarda (There are black sheep in every flock, Har podaning o‘z qora qo‘yi bor, Qora itning uyati oq itga tegar) antropotsentrik ma’lumotlarni etkazuvchi rang belgilarining semantik voqelanish mexanizmi ochib berilib, ularning grammatik va morfologik nuqtai nazardan izomorf va semantik va milliy-madaniy nuqtai nazardan allomorfik xususiyatlari aniqlangan;
antropotsentrik xususiyatlarni (insonning tashqi ko‘rinishi, yoshi, kasbiy faoliyati, xarakteri va ruhiy holati) tavsiflash uchun milliy mentalitet, turmush tarzi va milliy stereotiplarni tasvirlovchi rang leksemalarining milliy va diniy qadriyatlarni, milliy mentalitet va milliy madaniyatni aks ettiruvchi lingvomadaniy xususiyatlari (black gown – ruhoniy, ya’ni ruhoniy kiyadigan qora kiyim, qora kiymoq – aza tutmoq) turmush tarzi bilan bog‘liq, oilaviy, diniy, madaniy sabablarga ko‘ra taqqoslanadigan tillarning milliy madaniyati bilan aloqadorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antropotsentrik tavsiflar uchun ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi rang ifodalovchi leksik birliklarning qo‘llanishini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
insonning tashqi va ichki sifatlarini, shuningdek, rangning inson idrokiga va ruhiyatiga psixologik ta’sirini tavsiflash uchun semantik nuqtai nazardan ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi turli ranglarni ifodalovchi leksemalarning tasnifi ishlab chiqilgan, shuningdek, ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida so‘zlashuvchilar o‘rtasida rang belgilarining assotsiativ mazmuni solishtirilayotgan tillardagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni ifodalovchi rang belgilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq milliy-madaniy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 2-02/842-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy tilshunoslik, etnolingvistika, kognitiv tilshunoslik bo‘yicha materiallar boyitilgan hamda bo‘lajak mutaxassislarning ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nazariy va amaliy bilimlari oshirilishiga erishilgan;
antropotsentrik axborotni leksik, frazeologik va paremiologik darajada, shu jumladan, ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi badiiy matnlarni ifodalovchi rang belgilarining semantik ma’nosini dolzarblashtirish mexanizmlarini tahlil qilish natijasida olingan natijalar, shuningdek, antropotsentrik xususiyatlarni tavsiflash uchun rang leksemalarining faoliyatining lingvomadaniy xususiyatlari bilan taqqoslanayotgan tillar milliy madaniyatining aniqlangan aloqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining yoshlarga tillarni o‘rgatish, ongini rivojlanish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish kabi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining 2021 yil 27 maydagi 01-01-12/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlil qilinayotgan tillardagi antropotsentrik xususiyatga ega rang belgilarining milliy-madaniy xususiyatlari hamda ularni xalqaro munosabatlar jarayonida qo‘llash hamda semantikasini chuqur o‘rganish imkonini bergan;
solishtirilayotgan tillar badiiy adabiyoti matnlarida rang belgilariga ega antropotsentrik til birliklari va qoraqalpoq tilining paremiologik birliklarining rang belgilari bilan qo‘llanilishining semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish natijalari, ularning o‘ziga xos etimologiy xususiyatlari va so‘z shakllantirish imkoniyatlari Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan №FA-F1-GOOZ «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 6 maydagi 98/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida rang ramziy ma’noli birliklarni yasash bo‘yicha ilmiy-nazariy materiallar boyitildi, bu ikkilingvial va ko‘p tilli lug‘atlarni tuzish hamda rang ramziy ma’noli lisoniy birliklar tadqiqotlarini boshqa tillar materialida ham bajarish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.