Mardov Sanjar Xudoykulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arxitektura qurilish chizmalarini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1371.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidkarim Saidnabievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orif Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Dilshodbekov Shaxboz Dilshodbek o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi grafik dasturlar vositasida “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar va taklif ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CAD grafik dasturlarining arxitektura kompozisiyalarni yaratishga doir avtomatlashtirilgan-didaktik imkoniyatlari qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi konstruksiyalash, prognozlash, modellashtirish kabi  komponentlarning dinamik arxitekturaga ega perspektiv metodika bilan identivlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish metodikasi avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish orqali arxitektura muhitida vizual kommunikatsiyasini hosil qilish, siluet izlash yordamida loyihalash, ob’ektlarning aksonometrik va perspektiv tasvirlarni yaratishga yo‘naltirilgan talabalarning grafikli faoliyatini fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqotga va loyiha ishiga yo‘naltirish texnologiyasi qurilish chizmachiligi fanining katta hajmli mavzularini konsentrizm tamoyili asosida yirik bloklarga birlashtirib o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy-motivatsiyali faoliyat, yaratuvchanlik, analitik va sintetik tafakkur parametrlarining identivlik ko‘rsatkichi barqarorligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
grafik dasturlar vositasida tanlangan ob’ektning grafik aks ettirish shakllarini bosqichma-bosqich loyihalash, talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihaviy topshiriqlar majmuini tanlash mezonlarini ishlab chiqishga oid “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishning metodik shart-sharoitlari loyihaviy faoliyatning texnologik va refleksiv fazalari intensifikatsiyasini ta’minlash takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grafik dasturlar asosida qurilish chizmachiligi fanlarini o‘qitishning innovasion usuli bo‘yicha olingan natijalar asosida:
CAD grafik dasturlarining arxitektur kompozisiyalarni yaratishga doir avtomatlashtirilgan-didaktik imkoniyatlarini qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi loyihalash, konstruksiyalash, prognozlash, modellashtirish kabi  komponentlarning dinamik arxitekturli prespektiv metodika bilan identivlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirish, qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish metodikasini avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish orqali arxitektur muhitda vizual kommunikatsiyasini hosil qilish, siluet izlash yordamida loyihalash, ob’ektlarning aksonometrik va perspektiv tasvirlarni yaratishga yo‘naltirilgan talabalarning grafikli faoliyatini fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuter loyihalash” o‘quv qo‘llanmacini ishlab chiqishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi                    500-son buyrug‘i, 500-518-raqamli guvohnoma). Natijada, axborot texnologiyalari vositasida “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqotga va loyiha ishiga yo‘naltirish texnologiyasini qurilish chizmachiligi fanining katta hajmli mavzularini konsentrizm tamoyili asosida yirik bloklarga birlashtirib o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini  kengaytirish, kasbiy-motivatsiyali faoliyat, yaratuvchanlik, analitik va sintetik tafakkur parametrlarining identivlik ko‘rsatkichi barqarorligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan FZ-201902192+201902197 4R-173 raqamli “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq avtomobil yo‘l yoqalarining innovatsion landshaft dizayni echimini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihaning landshaft dizaynini yaratishda grafik dasturlardan foydalanish qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 07 apreldagi 02-07-960/0444-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishda arxitektur kompozisiyalar va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
grafik dasturlar vositasida tanlangan ob’ektning grafik aks ettirish shakllarini bosqichma-bosqich loyihalash, talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihaviy topshiriqlar majmuini tanlash mezonlarini ishlab chiqish  kabi “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishning metodik shart-sharoitlarini loyihaviy faoliyatning texnologik va refleksiv fazalari intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Qurilish chizmachiligi” elektron darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 iyundagi 02/01-01-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishning elektron-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish