Ko‘kiev Boburmirzo Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yordamchi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2255.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidkarim Saidnabievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yordamchi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chizmachilik va chizma geometriya fanlarida grafik jarayonlarni yordamchi proeksiyalash, loyihalash funksiyalari va motivatsion-qadriyatli, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholash komponentlari o‘quv-bilish topshiriqlarining kreativ echimini topishga qaratilgan ijodiy faoliyatni optimal darajada qo‘llab-quvvatlash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
yordamchi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish modeli individual xususiyatlarni maksimal hisobga olish, ijodiy atmosferaning barqarorligini ta’minlash, dialogik birgalikdagi faoliyatni jadallashtirish kabi metodik shartlarni qat’iy belgilashga doir texnologik strukturni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
chizmachilik va chizma geometriya fanlarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodikasi yordamchi proeksiyalashda zarur bo‘ladigan elementlarni (texnik-dizayn, konstruksiyalash, proeksiyalash) assotsiativ, intuitiv va mantiqiy asosga tayangan holda noma’lumni izlab topishga qaratilgan tashkiliy-texnik mayl bilan evristik usullar(“mentalist”, “studes”)ning qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi talabaning shaxsiy potensialini namoyon bo‘lishiga qaratilgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlar tizimini individual ta’lim traektoriyasi bilan refleksivlik holatini muntazam korreksiyalash bo‘yicha kompozision-ijodiy faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yordamchi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
chizmachilik va chizma geometriya fanlarida grafik jarayonlarni yordamchi proeksiyalash, loyihalash funksiyalari va motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholash komponentlarini o‘quv-bilish topshiriqlarining kreativ echimini topishga qaratilgan ijodiy faoliyatni optimal darajada qo‘llab-quvvatlash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 14 iyundagi 02/01-01-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilarining muhandislikka doir kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yordamchi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish modelini individual xususiyatlarni maksimal hisobga olish, ijodiy atmosferaning barqarorligini ta’minlash, dialogik birgalikdagi faoliyatni jadallashtirish kabi metodik shartlarni qat’iy belgilashga doir texnologik strukturni pedagogik loyihalash, chizmachilik va chizma geometriya fanlarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodikasini yordamchi proeksiyalashda zarur bo‘ladigan elementlarni assotsiativ, intuitiv va mantiqiy asosga tayangan holda noma’lumni izlab topishga qaratilgan tashkiliy-texnik mayl bilan evristik usullarning qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini kuchaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-653-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning yordamchi proeksiyalash usullarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini talabaning shaxsiy potensialini namoyon bo‘lishiga qaratilgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlar tizimini individual ta’lim traektoriyasi bilan refleksivlik holatini muntazam korreksiyalash bo‘yicha kompozision-ijodiy faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-653-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish