Omonov Sherzod Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertikal shaxta atrofidagi tog‘ jinslari turg‘unligi va uni mustahkamlash matematik modeli (Ustoychivost` gornix porod vmeshhayushhix vertikal`nuyu shaxtu i matematicheskaya model` ee krepi)», 01.02.03 – “Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2176.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalmuradov Rustam Ibragimovich, Samarqand davlat universiteti Rektori, professor, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ishanxodjaev Abduraxman Asemovich: texnika fanlari doktori, professor.
Yakubov Muqimjon: texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: -Namangan davlat muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotlarning maqsadi qazilma atrofi tog‘ jinslari turg‘unligini baholash va oldindan aniqlash usullarini ishlab chiqish; chuqurlik bo‘yicha tog‘ bosimi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda vertikal qazilma devorlari uchun anker-sochmabeton kombinatsiyalangan mustahkamlagich parametrlarini hisoblashning matematik modelini yaratish; olingan natijalarni O‘zbekiston tog‘-kon geologik sharoitlarda kovlanadigan vertikal qazilmalar devorlarini mustahkamlashda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi –
kichik vertikal shaxta devorlarining anker-sochmabeton mustahkamlagichi fizik-mexanik parametrlarini optimallashtirish hisobiga, uning tog‘ bosimiga qarshilik ko‘rsatish samaradorligini oshiruvchi  matematik model` yaratilgan;
doiraviy ko‘ndalang kesimli vertikal shaxtani o‘rab turuvchi massivning, tog‘ bosimining chuqurlik bo‘yicha oshib borishi hisobiga yuzaga keluvchi, xavfli kuchlangan-deformatsiyalangan holatining oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan;
qazilma devorlari mustahkamligini  ta’minlash bo‘yicha anker-sochma-beton mustahkamlagich parametrlarini, tog‘ jinslarining qatlamlanish burchagi va tog‘ bosimi ta’sirlarini hisobga oluvchi formulalar vositasida, aniqlash asoslangan;
qazilma devoridan  0,6-0,7metr masofadagi jinslar massivida tabiiy kuchlangan-deformatsiyalangan holat yuz berishi va mos ravishda  o‘pirilgan jinslar zonasi radiusi qaralayotgan kesim chuqurligiga bog‘liqsiz ravishda, qazilma sirtidan 0,5 - 0,6 metrdan oshmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vertikal tog‘ qazilmasi devorining anker-sochmabeton mustahkamlagichi ustivorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chuqur kotlovanlar atrofidagi gruntlar massividagi  kuchlanish komponentalarini hisoblash formulalaridan foydalanib buzilgan strukturalar va o‘pirilishlar zonalari o‘lchamlarini aniqlash “Qishloqqurilishloyiha” MChJda (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11 yanvardagi 09-06/285-son ma’lumotnomasi) amalga oshirildi. Natijada mustahkamlama konstruksiyasi og‘irligini 3% ga kamaytirish va sarf materiallarini 4-5% tejash imkonini bergan;
o‘pirilishlar zonasi o‘lchamlarini aniqlash, o‘pirilishlar oldini olish uchun qazilma devoriga qalinligi 2-3sm gacha bo‘lgan sochmabeton mustahkamlagich qo‘llash "Geofundamentproekt" MChJda (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11 yanvardagi 09-06/285-son ma’lumotnomasi)  amaliyotga joriy etildi. Natijada bu mustahkamlama konstruksiyasining yuk ko‘tarish qobiliyati 4-5% ga oshishiga va qazilma devorlarini mustahkamlash uchun sarflanadigan materiallarni 5% gacha tejash imkonini bergan;
massivning turg‘unlik shartlari asosida kuchlanishlar maydoni hisobi, gruntlar buzilgan strukturasi zonasi radiusining statik va dinamik yuklar ta’siri hisobga olingan hisobiy qiymatlari hamda qazilma devorlarining o‘pirilgan zonalarini qoplash uchun sochmabetonni mustahkamlagich konstruksiyasi bilan birga qo‘llash "UniverProStile" MChJda amaliyotga joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 11 yanvardagi 09-06/285-son ma’lumotnomasi). Natijada sarf materiallari 9-11% tejalgan, mustahkamlash konstruksiyasi og‘irligi 14% ga kamaygan va yuk ko‘tarish qobiliyatining oshishiga 10-12% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish