Abdulxaev Zoxidjon Erkinjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Shahar hududida er osti suvlari sathini aniqlash uslubini takomillashtirish (Farg‘ona shahar misolida), 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2734.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Abdumalik Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shahar hududida er osti suvlarining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishini inobatga olib, er osti suvlari sathini gidravlik hisobini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar hududida er osti suvlari sathining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishini inobatga olib matematik modeli ishlab chiqilgan;
er osti suvlari miqdori va sathini o‘zgarishini inobatga olib gorizontal va kombinatsiyalangan drenaj qurilmalarining konstruktiv parametrlari asoslangan;
shahar hududida er osti suvlari sathini boshqarishda naporsiz va naporli rejimda ishlaydigan drenaj quvurlarini gidravlik hisoblash usuli takomillashtirilgan;
er osti suvlarining gidravlik parametrlari va sathining xaritasi joyning rel`efini inobatga olib MAGNET dasturi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar hududida er osti suvlari sathini aniqlash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
drenajlar orqali er osti suvlari sathini boshqarish va yig‘ilgan suvlarni sug‘orish uchun yo‘naltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan gidravlik model Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Farg‘ona viloyat boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-martdagi 03-02/7-503 son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlarininig atrof-muhit ekologiyasi, ekin maydonlari, bino va inshootlar hamda er osti muhandislik kommunikatsiyalariga salbiy ta’sirni kamaytirishga erishilgan;
bino-inshootlar, er osti muhandislik kommunikatsiyalari ishonchliligini hamda samadorligini oshirish va atrof-muhit ekologiyasini yahshilash maqsadida er osti suvlari sathini drenaj orqali boshqarish modeli va gidravlik hisoblash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda “Imperium Arch Group” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-martdagi 03-02/7-503 son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda er osti suvlarini monitoringini olib borish va bashorat qilish imkoniyati yaratilgan;
shahar hududini ekologiyasi barqarorlashtirish va zax bosishidan himoyalash uchun konstruktiv parametrlari takomillashtirilgan drenaj tizimi Farg‘ona shahar hududida er osti suvlari sathini pasaytirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-martdagi 03-02/7-503 son ma’lumotnomasi). Natijada hisob-kitob vaqtini 1,1 barobarga qisqartirishiga,bino-inshootlar hamda er osti muhandislik kommunikatsiyalarining ishlash muddatlarini 15–20 foizga oshirish imkonini bergan.