G‘apparov Shokir Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toylangan oziqalarni maydalaydigan qurilmaning parametrlari va ish rejimlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3004
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik chorvachilik xo‘jaliklarida toylangan oziqalarni kam sarf-harajatlar bilan belgilangan talablar darajasida maydalab beradigan qurilmani ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toylangan oziqalarni bo‘laklarga ajratib, maydalash kamerasiga taqsimlab uzatadigan biterlar va oziqalarni maydalashda pichoqlarining joylashish o‘rni va holati o‘zgaradigan maydalash rotoriga ega maydalagich qurilma ishlab chiqildi;
qurilma uzatish novining kengligi oziqa pressining tiqilmasdan erkin harakatlanishini, uzunligi esa bitta oziqa pressining ipi kesilgandan so‘ng uzayishini hisobga olgan holda nov ustida to‘liq sig‘ib turishi ta’minlanishi asosida aniqlandi;
ta’minlagich biter plankalari soni va aylanishlar soni toylangan oziqadan maydalagich ish unumiga mos miqdorda bo‘laklarni ajratib, ularni maydalash apparatiga uzatish shartidan asoslandi;
maydalagich rotor pichoqlari uzunligi ta’minlash biterlari tomonidan vaqt birligi ichida maydalashga uzatilayotgan bo‘lak uzunligidan kam bo‘lmasligini, rotor aylanishlar soni esa dag‘al oziqa poyalarining qarshiligini hisobga olgan holda rotor pichog‘ining poyalarni qirqib o‘tishi uchun etarli tezligini ta’minlash asosida aniqlandi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toylangan oziqalarni maydalaydigan qurilmaning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun toylangan oziqalarni maydalash qurilmasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, toylangan oziqalarni maydalaydigan ish sifati yuqori, energiya-resurstejamkor qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan
toylangan oziqalarni maydalash qurilmasi Namangan viloyati Uychi tumani, Surxondaryo viloyati Boysun tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumani fermer va kichik xo‘jaliklarida joriy etilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil
15 dekabrdagi 02/023-5079-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,3 martagacha kamayishiga erishilgan;
chorva mollariga toylangan oziqalarni maydalab beradigan qurilmani o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, toylangan oziqalarni talab etilgan kichik o‘lchamda maydalab beradigan, kam metall va material hajmdorlikka ega qurilmani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.