Yuldashev Azamat Ismailovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini kimyoviy ishlov berish uchun qo‘sh soploli purkagich konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2716
Ilmiy rahbar: Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Abdazimov Anvar Daniyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Utepov Burxan Bektursinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishlov berilayotgan yuzalarga suyuq preparatlarni sepish uchun texnikaviy vosita va texnologik jarayonni mukammallashtirish orqali o‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish samaradorligini oshirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shtangali va ventilyatorli purkagichlarning
barcha ijobiy elementlarini bir texnikaviy vositada jamlantirish yo‘li bilan o‘simliklar tupining yuzasiga to‘la ishlov berish hisobiga ularni kimyoviy himoyalash samarasini oshirish muammosining hal qilinishida;
purkagich bilan o‘simliklar yuzasiga zaharli kimyoviy moddani bir tekis qoplama qilib yoyib sochishda zaharli kimyoviy moddaning ishchi aralashmasi tomchisi kinematikasini matematik modellashtirishda;
ishchi suyuqlikning o‘simliklarning barglari yuzasi bo‘ylab mayda dispersli bir xil taqsimlanishini ta’minlovchi purkagichning ish rejimi va sochgichlarning optimal parametrlarini o‘rnatishda.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zaharli kimyoviy moddalarni purkash jarayonida mayda dispersli tomchilarni shakllantiruvchi qo‘sh soploli ventilyatorli purkagichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№ IAP 05658 «Purkagich» -2018 y.) va dasturiy mahsulot uchun guvohnomasi (№ DGU 06586 «Purkagichdan chikayotgan kimyoviy modda tomchilarining xarakatini matematik modellashtirish dasturi» - 2019 y.) olindi. Buning natijasida ishlash sifati va ishlab chiqarish samarasi yuqori bo‘lgan resurs tejamkor qo‘sh soploli ventilyatorli purkagichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Qo‘sh soploli ventilyatorli eksperimental purkagich Karmana va Qiziltepa tumanlari fermer xo‘jaliklari, hamda Yangi yo‘l tumani QTTSM tajriba uchastkasida joriy qilindi (UZ. AMT.07.MAI.050 Sinov dalolatnomasi). Natijada ishchi suyuqlikning sarflanishi maydon birligida 15,4 foizga va yillik mehnat xarajatlari 163,5 kishi/s ga kamayishi, bargsizlantirish ko‘rsatkichlari 5,0 foizga, paxta chanoqlarining ochilishi 6,7 foizga ortishi ta’minlangan;
qo‘sh soploli ventilyatorli purkagichning maqbul parametrli sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «Agrixim» QK da loyihalashtirish va seriyaviy nusxalarini tayyorlash jarayonlariga tadbiq qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15.12.2021y. 02/023-5076 raqami ostidagi ma’lumotnomasi). Natijada «Agrixim» QK da qo‘sh soploli ventilyatorli purkagichni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.