Markaev Nuriddin Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzum ko‘chatini etishtirishning elektrotexnologiyasini ishlab chiqish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2514
Ilmiy rahbar: Radjabov Abduraxman, texnika fanlari doktori, professor. Berdishev Abduraxim Sulaymonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Dilshod Rashidovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrofizik ta’sirlardan foydalanib, uzum qalamchalaridan vegetativ usul bilan ko‘chat etishtirishning samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzum qalamchasidan vegetativ usulda sifatli ko‘chat etishtirishda qalamchalarga ekishdan oldin past kuchlanishli o‘zgaruvchan tokda ishlov berib ularning tutuvchanligini oshiradigan elektrotexnologiya ishlab chiqilgan;
uzum qalamchasiga ekishdan oldin nam muhitga solib past kuchlanishli o‘zgaruvchan elektr toki yordamida ishlov berishni amalga oshiradigan qarama-qarshi elektrodlarga ega qurilma yaratilgan;
uzum qalamchalariga o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlov berishda tok kuchlanishi va ishlov berish vaqti orasidagi bog‘liqlik suvli muhitda uzum qalamchalarining  solishtirma elektr qarshiligini hisobga olgan holda aniqlangan;
o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlov berib uzum ko‘chatlarida ildiz tizimi rivojlanishini tezlashtirish va qalamchalarning tutuvchanlik darajasini oshirish usuli qarama-qarshi elektrodlar orasidagi masofani inobatga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzum ko‘chatlari etishtirishning elektrotexnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uzum qalamchalarini ekishdan oldin elektr ishlov berish qurilmasi Toshkent  viloyati Parkent tumani “Changi Iroda Dilshod” va “Erkin plyus Dilshod uzumi” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9-dekabrdagi № 02/029-5011­sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan qalamchalarda ildiz hosil bo‘lishini 15-20% ga oshirish imkoni yaratilgan;
uzum ko‘chati etishtirishning elektrotexnologiyasi va qurilmasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Munis Nilufar”  fermer xo‘jaligida  vegetativ usul yordamida ko‘chat etishtirishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9-dekabrdagi № 02/029-5011­sonli ma’lumotnomasi). Natijada uzum qalamchalarini tutuvchanligini oshirishda qo‘llanilgan o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlaydigan texnologiya, amaldagi texnologiyaga nisbatan qalamchalar tutuvchanligini 20-22 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish