Normurodov Umidjon Normurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda savdo korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshiriish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt101.
Ilmiy rahbar: Saliev Axmadjan, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida savdo korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«chakana savdo korxonasi raqobatbardoshligi» tushunchasining mazmuni raqobatbardoshlik elementlari tarkibiga chakana savdo korxonasi xodimlarining shaxsiy-malaka tavsiflarini faollashtiruvchi va xizmat ko‘rsatishda ijodiy yondashuvga undovchi kreativlik qobiliyatini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatining integral lokalizatsiya koeffisienti (K(sam)=17) joriy darajasini tovar ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi, logistik va savdo xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarni integratsiyalovchi savdo klasterini shakllantirish orqali optimal darajasi (K(sam)=20) ga etkazish taklifi asoslangan;
savdo korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlashda savdo xodimlarining ma’lumot darajasi, malaka darajasi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikning savdo xizmatlari turlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holdagi “maqbul variatsiyasi”ni tanlashga asoslangan yondashuv taklif etilgan;
yalpi ichki mahsulot, xizmat ko‘rsatish va savdo hajmi o‘sish sur’atlarini asosida savdo xizmatlarini rivojlantirishning 2025 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Savdo korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqobatbardoshlik elementlari tarkibiga chakana savdo korxonasi xodimlarining shaxsiy-malaka tavsiflarini faollashtiruvchi va xizmat ko‘rsatishda ijodiy yondashuvga undovchi kreativlik qobiliyatini kiritish asosida takomillashtirilgan «chakana savdo korxonasi raqobatbardoshligi» tushunchasining mazmuni «Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi» nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i; ro‘yxatga olish raqami 394-038). Mazkur tushunchaning mazmunan takomillashtirilishi savdo sohasida “raqobat” va “chakana savdo korxonasi raqobatbardoshligi” kategoriyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini kengroq tushunish orqali savdo korxonalari faoliyat raqobatbardoshligini oshirishda yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan;
Samarqand viloyatining integral lokalizatsiya koeffisienti (K(sam)=17) joriy darajasini tovar ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi, logistik va savdo xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarni integratsiyalovchi savdo klasterini shakllantirish orqali optimal darajasi (K(sam)=20) ga etkazish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi №11/05-15-8799-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Samarqand viloyati hududiy «Savdo klasteri» savdo jarayoni ishtirokchilari sinergetik samaradorligining o‘sishiga va tovar aylanmasining 7-9 foizga oshirishga erishilgan;
savdo korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlashda savdo xodimlarining ma’lumot darajasi, malaka darajasi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikning savdo xizmatlari turlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holdagi “maqbul variatsiyasi”ni tanlashga asoslangan yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi №11/05-15-8799-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish savdo korxonalari raqobatbardoshligini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirgan holda ushbu jarayonni to‘liq baholash imkonini yaratgan;
yalpi ichki mahsulot, xizmat ko‘rsatish va savdo hajmi o‘sish sur’atlari asosida savdo xizmatlarini rivojlantirishning 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 30 avgustdagi №11/05-15-8799-son ma’lumotnomasi). Prognozning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda savdo xizmatlari polinamial` model bo‘yicha o‘rta istiqbol yillarida 1,1 va 1,7 barobarga oshishi bashorat qilingan.