Maxsudov Bobomurod Yuldoshovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p maqsadli er axborotlar bazasini yaratish uslubiyatini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 06.01.10-«Er tuzish, kadastr va er monitoringi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2021.4.PhD/T2428
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Tashpulatov Sarvar Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldashevich – professor, texnika fanlari doktori; Bobojonov Allabergan Ruzimovich – dotsent, iqtisod fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p maqsadli er axborotlar bazasini yaratish uslubiyatini takomillashtirish va er axborotlar bazasi modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p maqsadli er axborotlar bazasiga kiruvchi dastlabki ma’lumotlar tarkibiga qo‘yiladigan talablar me’yoriy-texnik hujjatlar va tajriba hududi materiallari bilan asoslantirilgan;
ko‘p maqsadli er axborotlar bazasining strukturasi va modeli texnik talablarni tizimlashtirish va yangi atribut ustunlar qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
ko‘p maqsadli er axborotlar bazasi ArcGIS klassifikatori, «atribut domeni», fazoviy ob’ekt quyi tipi yaratilgan va raqamli xaritalarni yaratish jarayonida «topologik qoidalari» amaliy tajribalar natijasida ishlab chiqilgan;
ko‘p maqsadli er axborotlar bazasini yaratish uslubiyoti ma’lumotlar tarkibini yangilash, tizimlashtirish va modellashtirish yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p maqsadli er axborotlar bazasini yaratish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyati Vobkent tumanining 2 306 gektar qishloq xo‘jaligi er maydonlari uchun elektron raqamli er kadastri xaritalari yaratilgan va O‘zbekiston Er resurslari, geodeziya, kartografiya, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil
10 sentyabrdagi 03-05-7881-son axborotnomasi). Natijada, tumanning yagona elektron raqamli er kadastri xaritalari erlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari, er uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning er egalari, erdan foydalanuvchilar, ijarachilar to‘g‘risidagi axborotlar va hujjatlar tizimini avtomatlashtirish imkonini bergan;
Buxoro viloyati Vobkent tumani misolida yaratilgan er axborotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 03-05-7881-son axborotnomasi). Natijada, yaratilgan er axborotlar bazasi tumanda mavjud bo‘lgan barcha er toiflari aniq hisobini yuritish imkonini bergan, onlayn er geoportalini yaratishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
«Er axborot tizimlarini yaratish» mavzusidagi ilmiy-amaliy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida hamda Oliy o‘quv yurtlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 03/038-038-1-04/383-son ma’lumotnomasi; TAQI 2021 yil 25 noyabrdagi 529-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma, respublikaning qishloq xo‘jaligi erlarini raqamlashtirish va geoaxborot tizimlarini ishlab chiqishda, soha mutaxassislariga, shuningdek, o‘quv ishlab chiqarish jarayonlarida o‘quv-uslubiy jihatdan xalqaro tajribalarni o‘rganishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.