Sadullaeva Umida Azimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda bachadon arteriyasi embolizatsiyasining jigar funksional holatiga ta’siri», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib817.
Ilmiy rahbar: Kayumova Dilrabo Tolmasovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tibbiy tadqiqot univesiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadon miomasi bo‘lgan ayollar jigarining funksional xolatiga bachadon arteriyalari embolizatsiyasi ta’sirining patogenetik bog‘liqligini gormonal va biokimyoviy tekshiruvlar natijalariga asoslangan xolda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda gormonal fon buzilishi tufayli reproduktiv funksiyani buzilishi va ginekologik kasalliklarni uchrashi mioma bo‘lmagan ayollarga nisbatan 2,6 marta, jigar funksional xalatini buzilishi esa 6,8 marta ko‘proq uchrashi aniqlangan;
bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda jigarning detoksikatsion, xolestatik va sintezlash funksiyasining buzilishi bilan birga ayollarning qon va so‘lagida gormonal status ko‘rsatkichlarining oshishi isbotlangan;
bachadon arteriyasi embolizatsiyasi amaliyotidan keyin jigarning oqsil sintezlovchi funksiyasi faollashishi tufayli jigardagi funksional xolati tiklanishi va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin darajasi orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor bachadon arteriyasi embolizatsiyasidan keyin birinchi sutkalarda steroid gormonlarni bog‘lovchi globulin sintezini oshishi natijasida estradiolni va 6-8 sutkalarda esa progesteronni qonda va so‘lakda pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bachadon miomasi bilan bemorlarning bachadon arteriyasi embolizatsiyasining jigar funksional xolatiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda bachadon arteriyalari embolizatsiyasi o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bachadon arteriyasi embolizatsiyasidan keyin bachadon miomasi bilan ayollarning klinik va laborator ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 iyuldagi 8n-d/96-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bachadon miomasi bilan kasallangan bemorlarning bachadon arteriyasi ebolizatsiyasidan keyin klinik laborator ko‘rsatkichlar, ularni ro‘yxatga olish va baxolashga qaratilgan an’anaviy eksperimental tashxislash modelini yaratish imkonini bergan;
bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda bachadon arteriyalari embolizatsiyasi o‘tkazish natijasida jigar fuknsional xolatini baxolashga qaratilgan tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Akusherlik va ginekologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-tekshiruv tibbiyot markazi va Ayollar sog‘lomlashtirish markazi bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi 08-22553-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda diagnostika va davolashni optimallashtirish orqali asoratlar sonini kamaytirish, davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash va ayollarni reproduktiv faoliyatini saqlash imkonini bergan.