Umarov Zafar Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila chanog‘i bilan oldinda kelganda gestatsiya va tug‘ruq natijalarining optimallashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1392.
Ilmiy rahbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyorova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xomila chanog‘i bilan oldinda kelganida tug‘ruqga tayyorlash taktikasi va tashqi akusherlik burish amaliyoti algoritmining ishlab chiqish orkali homiladorlik va tug‘ruq natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homila chanog‘i oldinda yotganida etilgan muddatidagi homiladorlikda homilaning tashqi boshiga burish amaliyotini qo‘llash orqali tug‘ruqni olib borish taktikasi takomillashtirilgan;
homila chanog‘i oldinda yotganida etilgan muddatidagi homiladorlikda homilaning tashqi boshiga burish natijasida kesarcha kesish amaliyotiga bo‘lgan ko‘rsatmalar uch barobar kamayishi aniqlangan;
homila chanog‘i bilan oldinda joylashgan homiladorlikning 38-39 haftasida tashqi akusherlik burishning qo‘llanishi (muolajani bajarishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmasligi va sharoit mavjudligi xolatlarida) 80% gacha samarali ekanligi asoslangan;
akusherlik tashqi burish muolajasini homiladorlikning etilgan muddatlarida betta- adrenomimetiklar qo‘llagan xolda bajarilishi orqali reproduktiv salomatlikni saqlanishi hamda chaqaloqlarda asoratlarni oldi olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Homila chanog‘i bilan oldinda kelgandagi holatlarda homiladorlikni olib borish, tug‘ruqni rejalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
homila chanog‘i bilan oldinda kelgandagi holatlarda klinik, anamnestik va laborator ko‘rsatkichlar asosida perinatal natijalarni baxolash asosida ishlab chiqilgan «Homila chanog‘i bilan oldinda kelishining perinatal natijalarga bo‘lgan ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/50-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homila chanog‘i bilan oldinda kelgandagi holatlarda perinatal yukotishlarni kamaytirish va ortiqcha muolaja usullarini chetlab o‘tish imkonini bergan;
homila chanog‘i bilan oldinda kelganida akusherlik tashqi burish amaliyoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan « Homila chanog‘i bilan oldinda kelganida akusherlik tashqi burish amaliyoti yordamida tug‘ruq natijalarining takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/51-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homila chanog‘i bilan oldinda kelganida homiladorlikning etilgan muddatida akusherlik tashqi burish amaliyotini kullash orkali tug‘ruq natijalarining takomillashtirish ga yordam beradi, bu esa iqtisodiy harajatlarning kamayishi imkonini beradi;
homila chanog‘i bilan oldinda kelganida akusherlik tashqi burish amaliyotini kullash asosida davolash samaradorliginiga qaratilgan tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar 2son tug‘ruqxonasi va Payariq TTB amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08-20183-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar homila chanog‘i bilan oldinda kelganida akusherlik tashqi burish amaliyotini kullash orkali asoratlar sonini kamaytirish, davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash va ayollarni ijtimoiy moslashuvi, reproduktiv funksiyasini saklash imkonini bergan.