Ibragimov Baxodir Fikrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon polikistozi sindromli ayollar diagnostikasi va davosini optimallashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1387.
Ilmiy rahbar: Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxumdonlar polikistozi sindromi qayd etilgan ayollarda bepushtlikni klinik, anamnestik va laborator ko‘rsatkichlar asosida erta tashxislash va diffensial yondashuvlar orkali davo usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdonlar polikistozi sindromi turli xil fenotiplari bo‘lgan ayollarda bepushtlikni differensial konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini qo‘llash natijasida 75,3 % ayollarda homiladorlik rivojlanganligi aniklangan;
tuxumdonlar polikistozi sindromida fertillik o‘ziga xos fenotipiga va yo‘ldosh kasalliklari (vazn va gipergomosisteinemiyaning) kamayishiga qarab o‘zgarishi, ya’ni TPKSning C fenotipida spontan homiladorlik foizi juda pastligi bilan asoslangan;
ilk bor tuxumdonlar polikistozi sindromida ovulyasiyani rag‘batlantirish, jarrohlik bilan davolash yoki yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanishni ko‘rsatadigan turli omillarning tarqalishi aniklangan;
tuxumdonlar polikistozi sindromi turli xil fenotiplari bo‘lgan ayollarning 12,1% da yordamchi reproduktiv texnologiyalar (EKU) ni o‘tkazishga zaruriyati (sezuvchanlik - 85,3%, o‘ziga xoslik - 92%) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tuxumdonlar polikistozi sindromini tashxislash va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
tuxumdonlar polikistozi sindromi qayd etilgan ayollardagi bepushtlikni klinik, anamnestik va laborator ko‘rsatkichlar asosida davolash samaradorligini oshirish hamda diffensial davolash turini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Polikistoz tuxumdonlar sindromining zamonaviy tashxislash kriteriylari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 fevraldagi 8n-z/253-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tuxumdonlar polikistozi sindromi bo‘lgan ayollarda bepushtlikni davolashning differensial usullaridan foydalanib, fertillikni tiklash va ortiqcha muolaja usullarini chetlab o‘tish imkonini bergan;
tuxumdonlar polikistozi sindromining shakli, gomotsistein darajasi, bemorning yoshi hamda bepushtlikning birlamchi va ikkilamchi bo‘lgan shaklini hisobga olib, infertil ayollarni tekshirish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Differensirovannie podxodi k lecheniyu besplodiya u jenshhin s sindromom polikistoznix yaichnikov» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 fevraldagi 8n-z/253-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tuxumdonlar polikistozi sindromli ayollarda diagnostika va davolashni optimallashtirishga qaratilgan tadqiqotlar natijasida, ushbu patologiyaning o‘z vaqtida aniqlanishi bepushtlikni oqilona davolashga yordam beradi, bu esa iqtisodiy harajatlarning kamayishi imkonini beradi;
tuxumdonlar polikistozi sindromi qayd etilgan ayollardagi bepushtlikni klinik, anamnestik va laborator ko‘rsatkichlar asosida davolash samaradorligini oshirish hamda diffensial davolash turini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat perinal markazi ginekologiya bo‘limi hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8n-z/77-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tuxumdonlar polikistozi sindromli ayollarda diagnostika va davolashni optimallashtirish orkali asoratlar sonini kamaytirish, davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash va bemorlarni ijtimoiy moslashuvni yaxshilash imkonini bergan.