Axmedov Adxam Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir kuyish jaroxatlarida gastroduodenal asoratlarni davolash va profilaktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya; 14.00.02– Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib1598.
Ilmiy rahbarlar: Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Dehqonov Toshpo‘lot Dehqonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuyish jaroxatlarida gastroduodenal asoratlarining xavfli omillarini aniqlash, patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va davolash, profilaktik natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir kuyishlardagi stressli gastroduodenal asoratlarning xavfli omillari (anamnezida surunkali gastroduodenal patologiyalarning borligi, motor-evakuator faoliyatning buzilishlar, bemorlarning yoshi va murojaat vaqti, kuyish maydoni va chuqurligi, turg‘un gipovolemiya kabilar)ni aniqlash va ularning profilaktik mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bora og‘ir kuyishdagi stressli gastroduodenal asoratlarda kelib chiqishidagi Helicobacter pylori infeksiyasining aktivligi va ularning qon tomirlar endotelial disfunksiyasi bilan bog‘liqlik jihatlari asoslangan;
ilk bora termik kuyish jaroxati tajribasida gastroduodenal soha stress monoaminlar tutuvchi tuzilmalari – qon tomirlari adrenergik nerv tolalari va ular diffuz endokrin apparati ochiq tipdagi endokrin hujayralaridagi, shuningdek regional orqa miya nerv tugunlaridagi morfologik o‘zgarishlar lyuminessent-gistoximik uslublarda aniqlangan;
og‘ir kuyishning kechishiga qarab gastroduodenal soha klinik–tajriba o‘zgarishlari dinamikasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar (stress monoaminlari tutuvchi tuzilmalaridagi morfofunksional o‘zgarishlar) olingan va ular kuyish kasalligining patogenetik va morfologik konsepsiyasini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
og‘ir kuyishlarda gastroduodenal asoratlarni davolash va profilaktikasini takomillashtirishni baholash buyicha tadqiqot natijalari asosida:
og‘ir kuygan bemorlarda gastroduodenal asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash, oshqozon–ichak traktining funksional holatini baholash imkonini bergan “Og‘ir kuyish jaroxatlaridagi gastroduodenal asoratlarni davolash va profilaktika qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n–r/40–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ogir kuyish jaroxatlari kuzatilgan bemorlardagi gastroduodenal asoratlarni davolash va ularni oldini olishga imkon yaratgan:
og‘ir kuyishdagi gastroduodenal qon ketishlar profilaktikasini ta’minlash imkonini bergan “Og‘ir kuyishdagi gastroduodenal qon ketishlar profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n–r/40–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ogir kuyish tashxislangan bemorlarda gasroduodenal kon ketishlar profilaktikasini ishlab chikish imkonini bergan:
kuyganlarda gastroduodenal asoratlarning klinik–diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand va Jizzax filiallari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n–r/54–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar og‘ir kuyishlardagi gastroduodenal asoratlarning kelib chiqishi patogenetik mexanizmlarini kengaytirgan, og‘ir kuyganlarda gastroduodenal asoratlar rivojlanishidagi endotelial disfunksiya va motor-evakuator funksiyani korreksiya qilishda muqobil preparatlarni qo‘llash orqali, ularning diagnostikasi, davosi va profilaktikasini optimallashtirishga imkon bergan.