Normamatov Farxod Haydarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar olishning energiyatejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1718.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Uloshovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Reymov Axmed Mambetkarimovichvich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy xloridni ammiakli selitra bilan konversiyasini maqbul texnologik parametrlarini o‘rnatish asosida kaliy nitrat va ammoniy xlorid olishning energiya tejamkor texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaliy nitratni energiyatejamkor usulda olishdagi maqbul texnologik parametrlarni o‘zgarish oraliqlarini K+,NH4+, // Cl-, NO3—N2O o‘zarota’sirlashuv tizimining grafanalitik uslubi yordamida aniqlangan;
kaliy xloridini konversiyalash jarayoni va kaliy nitratini kristallanishining maqbul sharoiti jarayonning kinetik parametrlarini aniqlash bilan topilgan;
oraliq mahsulot bo‘tqalari va eritmalari reologik xossalarining texnologik parametrlarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
kaliy nitrati va ammoniy xloridlarining fizik-kimyoviy va tovar xossalari hamda tashkilot standarti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kaliy xloridini ammoniy nitrat bilan konversiyasi asosida kaliy nitrat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik konversion kaliy nitrati olish uchun texnik shart O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Ts 201053370-2:2022). Mazkur texnik shart bo‘yicha texnik konversion kaliy nitrati ishlab chiqarish imkonini bergan;
kaliy xloridi va ammoniy nitrati asosida kaliy nitrati olish texnologiyasi «O’zkimyosanoat» AJning «2022-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 23-3-4537-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyo flotatsion kaliy xloridi va ammoniy nitratidan xlorsiz va eksportbop kaliy nitratini olish imkonini beradi.