Maxmudov Rafiq Amonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Noan’anaviy xomashyolardan moy ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatida foydalanishning ilmiy-texnologik asoslari», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T219.
Ilmiy maslahatchi: Majidov Qaxramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatxanov Axmad Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy xomashyolardan moy ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatida foydalanishning ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyli mahalliy bug‘doy doni murtaklari, zig‘ir, amarant va katal`pa urug‘larining biokimyoviy tarkibi ilmiy jihatdan asoslangan;
noan’anaviy moyli xomashyolarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari baholangan;
noan’anaviy moyli xomashyolardan o‘simlik moylari olish texnologik jarayonlari, usullari va sharoitlari yaratilgan;
noan’anaviy moyli xomashyolardan olingan o‘simlik moylarining sifati va ozuqaviy qiymatini ta’minlashning texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan va asoslangan;
moyli xomashyo strukturasi shakllanishida va undan olinadigan maxsulotning ozuqaviylik qiymatini ta’minlashda biologik faol moddalarning o‘rni va ahamiyati nazariy jihatdan asoslangan;
biologik faol moddalar bilan boyitilgan o‘simlik moylari hamda ularni qayta ishlash maxsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noan’anaviy xomashyolardan moy ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatida foydalanishning ilmiy-texnologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy zig‘ir, amarant urug‘lari moyi va unidan, hamda bug‘doy doni murtaklaridan foydalanib, milliy nonvoychilik va qandolatchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish usuli va texnologiyasi “OLTIN BOSHOQ ISSIQ NONI” MCHJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZDONMAHSULOT” AKning 2022 yil 21 iyundagi 10-1-11/84-695-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy nonvoychilik va qandolatchilik mahsulotlarining turlarini kengaytirish imkonini bergan;
noan’anaviy mahalliy xomashyolardan yangi turdagi nonvoychilik va qandolatchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun tegishli texnologik ko‘rsatmalar “OLTIN BOSHOQ ISSIQ NONI” MCHJda joriy etilgan (“O‘ZDONMAHSULOT” AKning 2022 yil 21 iyundagi 10-1-11/84-695-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishda yangi texnologik usullardan foydalanishga erishish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy zig‘ir urug‘lari navlaridan foydalanib, energiya tejamkor o‘simlik moylarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi “Vang‘ozi agro-eksport” MChJda amaliyotga joriy qilingan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 29 iyundagi KS/3-534-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy zig‘ir urug‘laridan o‘simlik moyini ishlab chiqarishda texnologik sarf va xarajatlarni 3-5 % ga, energiya sarfini 3-4% ga va issiqlik sarfini 5-7% ga kamaytirish hamda iqtisodiy samara olish imkonini bergan.