Tuxtaeva Xafiza Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada o‘tkir va surunkali nurlanish ta’sirining immun-gematologik va sitogenetik jihatlarini baholash», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2333.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polevshhikov Aleksandr Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlarning organizm immunologik, gematologik va sitogenetik parametrlariga ta’sir darajasini o‘rganish, ularga biopreparatlar ta’sirini baholashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir tajribaviy nurlanishlarda limfotsitlar, SD3+-, SD4+-, SD95+-hujayralar nazoratga nisbatan mos ravishda 1,41, 1,58, 1,43 va 1,51 martaga ishonarli pasaygani, SD8+- va SD16+-hujayralar 1,40 va 1,35 martaga ishonarli ko‘paygani, immunoregulyator indeksning 2,01 martaga pasayishi ikkilamchi immunodefisit rivojlangani asosiy belgilari ekanligi aniqlangan;
o‘tkir va surunkali nurlanishlar immunokompetent hujayralar miqdoriy disbalansiga olib kelgani, ikkilamchi immunodefisit chuqurliligi surunkali nurlanish olgan kalamushlarda o‘tkir nurlanish olganlarga nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘lgani, bu holat nurlanishning nafaqat dozasi, balki ta’sir davomiyligi hamda immun tizimi holati uchun muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
ilk bor intakt laboratoriya hayvonlarida me’yoriy sitogenetik jarayonlarda og‘ish kuzatilmagani holda, o‘tkir nurlanishlarda suyak ko‘migidagi mitoz patologiyasi, xromosoma aberratsiyalari paydo bo‘lishi, mitotik faollik kamayishi kabi sitogenetik o‘zgarishlar surunkali nurlanishlarga nisbatan ishonarli kam namoyon bo‘lgani isbotlangan;
surunkali nurlanish kuzatilganda “Lactopropolis-AWL” biologik faol qo‘shimchasi bilan biokorreksiya immun tizimining T-bo‘g‘ini hamda maxsus bo‘lmagan himoya omillariga, shuningdek immunodefisit ko‘proq kuzatiladigan immunokompetent hujayralar miqdoriy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi, biokorreksiya samarasi surunkali nurlanishda o‘tkir nurlanishga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlarning organizm immunologik va sitogenetik parametrlariga ta’sirini o‘rganish, ularga biokorreksiya ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tajribada o‘tkir va surunkali nurlanishlarda suyak ko‘migi sitogenetik ko‘rsatkichlari tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajribada o‘tkir va surunkali nurlanishlarda suyak ko‘migi sitogenetik tahlilini o‘rganish va baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-d/116-son ma`lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli ko‘rinishda nurlantirilgan laboratoriya hayvonlari suyak ko‘migi sitogenetik holatini o‘rganish hamda baholash orqali nurlanishlar ta’sirini aniqlashga imkon yaratgan;
tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlarning organizm immunologik va sitogenetik parametrlariga ta’sirini o‘rganish, ularga biokorreksiya ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi, Buxoro shaxar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bulimi va Buxoro viloyati Romitan tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-d/116-son ma`lumotnomasi). Mazkur ilmiy tadkikot ishi natijalarining joriy etilishi nurlanishlar fonida kechuvchi kasalliklarga erta laboratoriya tashxisi kuyish, organizm immun tizimi holati gematologik ko‘rsatkichlar va suyak ko‘migi sitogenik parametrlarini samarali baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish