Bolqiev Zoxid Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy mintaqalar uchun qattiq bug‘doy (Triticum durum) ning ertapishar, don hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan navlarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va yryg‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.3.PhD/Qx448.
Ilmiy rahbar: Amanov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janybiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instityti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; G‘aybullaev G‘ulom Saydolimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instityti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning janubiy mintaqalari uchun qattiq bug‘doyning ertapishar, hosildor hamda don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli ekologo-geografik xududlarga mansub bo‘lgan qattiq bug‘doy nav va namunalarini ilmiy yangiligi tadqiq qilingan;
ertapishar, hosildor hamda don sifati yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doy nav va tizmalari o‘rtasida duragaylash ishlari o‘tkazilgan, duragay avlodlarda qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishi baholangan;
duragaylash natijasida olingan qattiq bug‘doy nav va namunalarini respublikaning janubiy hududlari sharoitida baholangan;
yangi yaratilgan boshlang‘ich ashyolarni turli agroekologik mintaqalarda sinovdan o‘tkazilgan va amaliy seleksiyaga tadbiq etilgan;
qattiq bug‘doyning hosildor, ertapishar va don sifati yuqori bo‘lgan 5 ta tizma va bitta yangi “Musaffo” navi yaratilgan va istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qattiq bug‘doy (Triticum durum) ning ertapishar, don hosildorligi va sifati yuqopi bo‘lgan navlarini yaratish bo‘yicha olingan natijalap acocida:
kuzgi qattiq bug‘doyning “Musaffo” navi istiqbolli nav sifatida Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan maydonlari uchun davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazining 2022 yil 2 apreldagi № t-6/01-08-48 - son ma’lumotnomasi) hamda ushbu nav Qashqadapyo viloyatining Qapshi tumanida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot inctituti tajpiba uchastkasi maydonida 17,7 gektapga jopiy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Qishloq xo‘jaligi vazipligining 2022 yil 24 fevraldagi №05/33-04/724 - con ma’lumotnomaci). Natijada, qattiq bug‘doyning “Krupinka” va “Nafis” navlapiga nicbatan qimmatli iqticodiy xucuciyatlapi jihatidan uctunligi xicobiga ushbu navdan 8,1-17,1 sentnergacha yuqopi cifatli upug‘lik tayyoplash imkoniyatini bepgan;
kuzgi qattiq bug‘doyning “Musaffo” navi Qashqadapyo viloyatining Koson tumanida “Nasaf zamin shamoli” fepmep xo‘jaligi 9,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Qishloq xo‘jaligi vazipligining 2022 yil 24 fevraldagi №05/33-04/724-con ma’lumotnomaci). Natijada, kuzgi qattiq bug‘doyning “Musaffo” navidan 44,0 s/ga don hosili olinib, andoza “Krupinka” va “Nafis” navlariga nisbatan 4,7-8,2 s/ga yuqori bo‘lgan, rentabellik darajasi 61,5 foizni tashkil qilgan.