Usmonov Jasurbek Mo‘minalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkilamchi alyuminiy xom ashyosi chiqindilaridan kukun metallurgiyasi usulida mashina detallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1594.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, Shazimov Anortoy O‘ljabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkilamchi alyuminiy asosli chiqindilarni qayta ishlab, alyuminiy kukuni asosida yuqori mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan konstruksion materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi alyuminiy chiqindilarini intensiv maydalash usulida alyuminiy kukunlarini olish texnologiyasi tegirmon barabaniga ortilgan sharlar, barabandagi bo‘shliq va maydalanayotgan alyuminiy chiqindisi hajmlarining mutanosibligi asosida ishlab chiqilgan;
og‘ir yuklanishlar sharoitlari uchun 10...16% gacha Al2O3 va ZrO2 dan tashkil topgan alyuminiy kukuni asosidagi dispers mustahkamlangan materialning kimyoviy tarkibi ishlab chiqilgan;
o‘rta yuklamali ekspluatatsion sharoitlar uchun alyuminiy asosidagi Al-Cu-Zn kukunlaridan konstruksion materiallar olish uchun kimyoviy tarkib ishlab chiqilgan;
alyuminiy asosli turli o‘lchamga ega bo‘lgan gaykalarni qizdirib pishirish pechining vakuum darajasini 2...2,5 marta va qizdirish haroratini 1,2...1,3 marta kamaytirish orqali ishlab chiqarishdagi energiya sarfini 1,2...1,3 marta kamaytirishga erishilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi alyuminiy chiqindisini qayta ishlab alyuminiy kukuni asosli materiallarning yangi tarkibi va ulardan konstruksion detallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikkilamchi alyuminiy chiqindilarini intensiv maydalash usulida alyuminiy kukunlarini olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” qoshidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJ 2021 yil 06 dekabr` №XA-009498 sonli ma’lumotnomasi). Natijada zarracha o‘lchami 10...40 mkm bo‘lgan alyuminiy kukunlarini olish imkoniga erishilgan;
og‘ir yuklanishlar sharoitlari uchun 10...16% gacha Al2O3 va ZrO2 dan tashkil topgan alyuminiy kukuni asosidagi dispers mustahkamlangan materialning tarkibi “Olmaliq KMK” qoshidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJ 2021 yil 06 dekabr` №XA-009498 sonli ma’lumotnomasi). Natijada materialning yuklanishlarni ko‘tarish darajasi 1,3...1,5 barobar ortgan;
alyuminiy kukuni asosidagi Al-Cu-Zn qotishmasidan konstruksion materiallar uchun turli o‘lchamga ega bo‘lgan gaykalar “Olmaliq KMK” qoshidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJ 2021 yil 06 dekabr №XA-009498 sonli ma’lumotnomasi). Natijada alyuminiy asosli turli o‘lchamga ega bo‘lgan gaykalarni qizdirib pishirish pechining vakuum darajasini 2...2,5 marta va qizdirish haroratini 1,2...1,3 marta kamaytirish orqali ishlab chiqarishdagi energiya sarfini 1,2...1,3 marta kamaytirishga erishilgan.