Nasirova Sabina Zaurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polipragmaziya sharoitida ingichka ichak limfoid tugunchalarining  morfometrik uzgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.PhD/Tib1621.
Ilmiy raxbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Sayyora Muxamedjanovna Axmedova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Astraxan tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tajribada polipragmaziya sharoitida ingichka ichak limfoid tugunchalarining  morfometrik o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oq zotsiz kalamushlarda har xil turdagi yallig‘lanishga qarshi dori vositalar fonida ingichka ichak  intra epitelial limfotsitlar sonini ko‘payishi ya’ni ingichka ichak vorsinkalar infil`tratsiyalanishi aniqlangan;
yallig‘lanishga qarshi dori vositalar bilan polipragmaziyasi oq zotsiz kalamushlarining ingichka ichakdagi yagona limfoid tunchalarining soni, o‘lchamiga salbiy ta’siri aniqlangan;
polipragmaziya sharoitida ingichka ichak agregatlangan tugunlardagi limfoid tugunchalarda ham chuqur buzilishlar aniqlanib, tugunchalar sonining siyraklashishi, o‘lchamlarining kamayishi va tugunchalar aro masofani uzayishi isbotlangan;
farmakodinamik ta’siri o‘xshash bo‘lgan uch turdan ortiq dori vositalarini qo‘llashdan so‘ng, nazorat guruhidan farqli o‘laroq, ingichka ichakning limfoid tugunchalar bilan qoplanish maydonining pasayishi aniqlandi bu esa polipragmaziya ta’sirida ichak limfoid to‘qimalarining funksional faolligining pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polipragmaziya sharoitida ingichka ichak limfoid tugunchalarining  morfometrik uzgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
tajribada polipragmaziya sharoitida ingichka ichak limfoid tugunchalarining  morfometrik parametrlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosila ishlab chiqilgan «Yallig‘lanishga qarshi dori vositalar polipragmaziyasi fonida ingichka ichakning yagona limfoid tugunlarida tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/787-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma polipragmaziya sharoitida ingichka ichak limfoid tugunchalarining  morfologik o‘zgarishlarini baholash imkonini bergan;
polipragmaziya sharoitida ingichka ichak agregatlangan limfoid tugunlari va follikulalarida morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosila ishlab chiqilgan «Polipragmaziya sharoitida ingichka ichakning agregatlangan limfoid tugunlari va follikulalarida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/788-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma tajriba hayvonlari ingichka ichagi agregatlangan limfoid tugunlarida morfologik o‘zgarishlar darajasiga baho berish imkonini bergan;
ingichka ichak limfoid tugunchalarining polipragmaziya sharoitida morfometrik o‘zgarishlar samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar 1-son oilaviy poliklinikasi, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21258-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi polipragmaziya fonida ingichka ichak limfoid tugunlarining morfologik guruhlashtirilgan miqdori va o‘lchamlari, ulardagi tugunlar soni, umumiy maydoni, ingichka ichak umumiy maydoniga limfoid tugunlari umumiy maydonining nisbatini foizlardagi ifodasi bo‘yicha a’zo patologiyalarining rivojlanishini erta tashhislash, polipragmaziyani oldinini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish