Davronova Shaxnoza Raxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noxush ekologik faktorlar ta’sirida timusning morfo-funksional o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.PhD/Tib1127.
Ilmiy raxbar: Xaribova Elena Aleksandrovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Feruza Xusanovna Azizova, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Quruq va issiq iqlimning harorat omili ta’siri ostida timusda moslashuv o‘zgarishlarining morfo-funsional o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq va issiq iqlimli harorat omili ta’siri ostida oq jinsiy etuk zotsiz kalamushlar timusiing kortikal, kortiko-medullyar va medullyar zonalari bo‘yicha hujayra komponentlarining morfometrik ko‘rsatkichlari, ta’kidlab o‘tilgan zonalar bo‘yicha stroma hujayralarining elektron-mikroskopik xususiyatlari aniqlangan;
quruq va issiq iqlimli harorat omili ta’siri ostida timus tuzilmali –funksional o‘zgarishlarining davriyligi - erta o‘zgarishlar davri (tajribalarning 1-3-sutkalari), immunomorfologik o‘zgarishlarning yaqqollik davri (tajribalarning 5-7-sutkalari), uzoq muddatli o‘zgarishlar davri (tajribalarning 14-21-sutkalari) mavjudligi aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida timusning gistofiziologiyasiga oid yangi ko‘rsatkichlar, jumladan a’zoning tuzilmali-funksional sohalarining hujayra tarkibi, radioavtografik va morfometrik parametrlari aniqlangan bo‘lib, ularga asoslanib timusning immunogenezda tutgan ahamiyati asoslangan;
harorat omili ta’siri dinamikasida tajribalarda foydalanilgan hayvonlarning vazni, timusning mutlaq vazni va timus vaznining hayvon vazniga nisbati ko‘rsatkichlari aniklangan. Tajribalar dinamikasida timus vaznininig xayvon vazniga nisbati kursatkichinining barqaror yuqorilab borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noxush ekologik faktorlar ta’sirida timusning morfo-funksional o‘zgarishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tajribaviy hayvonlar timusining T-limfopoezdagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Timus bezi T-limfotsitopoezning markaziy a’zosi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/895-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma timusning tuzilmali va funsional qayta tuzilishlarini aniqlash imkonini bergan;
ekologik noxush sharoitlarda timusdagi o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ekologik salbiy sharoitlarda timusning morfo-funsional o‘zgarishlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/896-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ekologik noxush sharoitning tajribada timusga ta’siri natijasida morfologik o‘zgarishlarni baholash imkonini bergan;
noxush ekologik faktorlar ta’sirida timusning morfo-funksional o‘zgarishlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasining faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 08.09/20631-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi morfologik guruhlashtirilgan timus bo‘lakchalari miqdori va o‘lchamlari, ulardagi limfotsitlar soni, a’zo patologiyasining rivojlanishini erta tashhislash imkonini bergan.