Sultonova Nigoraxon Muxammadkodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshkaning fiziologik-biokimyoviy hususiyatlari hamda tuganagining sifat ko‘rsatkichlarida fosfor va kaliyning ahamiyati», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B486.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori; Hamroev Nurbek Ulug‘bekovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda kartoshkaning fiziologik-biokimyoviy hamda tuganagining sifat ko‘rsatkichlarida fosfor va kaliyning ahamiyatini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuproq tarkibidagi elementlarning ekvivalent nisbati asosida har xil ozuqaviy muhit sharoitida kartoshka navlarini makro- va mikroelementlar bilan oziqlantirish tarkibining optimal sharoitlari aniqlangan;
in vitro sharoitida hamda kartoshkani tuproqqa o‘tkazilgan ko‘chatlarini ma’danli o‘g‘itlarni qabul qilish me’yorlari hamda R va K elementlarining tuproq va ozuqa tarkibidagi nisbatalari asosida o‘g‘itlashning tarkibida mikroelementlar bo‘lgan normasi ishlab chiqilgan;
kartoshka barglari tarkibidagi “a” va “b” xlorofill pigmentlari, karotinoidlarning rivojlanish fazalari bo‘yicha o‘zgarish dinamikasi oziqa elementlari miqdoriga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
ilk bor tuproq tarkibidagi elementlarning ekvivalent nisbati hamda har xil ozuqaviy muhit sharoitida kartoshkaning o‘sishi va rivojlanishida fosfor va kaliy elementlarining oziqlantirishdagi me’yorini aniqlash asosida T4(N90P60K40Zn5Mg3) tarkibli varianti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkaning fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari hamda sifat ko‘rsatkichlarida fosfor va kaliyning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kartoshka etishtirishda fosfor va kaliy elementlari bilan tuproq tarkibining elementlar tarkibiga ko‘ra tegishli me’yoriy ko‘rsatkichlarda oziqlantirish Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Jizzax viloyati Yangiobod tumanining Xo‘jamushkent massivida kartoshka etishtirishda tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33-04/2246-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkadan olinadigan hosildorlik nazoratdagidan ko‘ra 2-3 marta yuqori ko‘rsatkichga erishish bilan birga har xil tarkibli tuproq sharoitida hosildorlikni oshirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
kartoshka etishtirishda ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelayotgan T6(N120P80K60Zn0Mg0) tarkibli o‘g‘itlash normasi hududning tuproq tarkibi elementlarining ekvivalent nisbatidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilgan T4(N90P60K40Zn5Mg3) variant Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani G‘alaba SIU hududidagi “Jumaboy Umarov” fermer xo‘jaligi er maydonida, Guliston davlat universitetining “Navbahor” xo‘jaligi hududidagi tajriba maydonida, Jizzax viloyatining Yangiobod tumani Xo‘jamushkent massividagi universitetning amaliyotlar bazasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33-04/2246-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘itlarni qo‘llash miqdorining kamayishi bilan bog‘liq xarajatlarga ko‘ra 1 tonnaga 99000 so‘m, 1 gektariga ko‘ra 870000 so‘m hamda xarajatlar nisbati bo‘yicha o‘g‘itlar miqdorining kamayishi fonida hosildorlikning ortishi hisobiga 1 tonnaga 83% bo‘lsa, 1 gektariga 93,1%ni tashkil etish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan T4(N90P60K40Zn5Mg3) o‘g‘itlash normasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Jizzax viloyati Yangiobod tumanining Xo‘jamushkent massivida ertangi kartoshka etishtirishda avvaldan ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelinayotgan T6(N120P80K60Zn0Mg0) tarkibli o‘g‘itlash normasi bilan solishtirilgan holda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06/11-01-10/10-1903-son ma’lumotnomasi). Natijada, T4(N90P60K40Zn5Mg3) ozuqa variantida hosildorlik gektariga 29,10 tonnani va T6(N120P80K60Zn0Mg0) ozuqa variantida esa hosildorlik gektariga 25,10 tonnani tashkil etish imkonini bergan.