Shodieva Fotima  Ochilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda kurkunaklar (merops) avlodining bio-ekologik xususiyatlari va ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/V603.
Ilmiy rahbar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Mirzakarim Mirzahalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kurkunaklar (Merops) avlodining bio-ekologik xususiyatlarini aniqlash, kurkunaklarning tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyatini aniqlash va baholash, asalarichilik xo‘jaliklarining biozararlanishida kurkunaklarning ishtirokini kamaytirishning samarali usullarini hamda kurkunaklarni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Merops avlodi turlarining O‘zbekistonda tarqalish xususiyatlari, biotoplardagi soni va dinamikasi hamda ularni boshqaruvchi abiotik va biotik omillar aniqlangan;
kurkunaklarning  reproduktiv sikli  ularning  uya qurish joylari, uyalarining tuzilishi, ko‘payish bosqichlarining kechishi, ko‘payish samaradorligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillarni solishtirma-qiyosiy tahlil qilish orqali ochib berilgan;
ilk bor o‘rganilgan turlarning ozuqa tarkibi hamda trofik munosabatlarining reproduktiv va postreproduktiv sikllarga mos ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
kurkunaklarda oshqozon massasining oshishi hamda oshqozon va ichki a’zolarda yog‘ yig‘ilishi kuzgi migratsiyaga tayyorgarlik bosqichida sodir bo‘ladigan giperfagiya va lipogenez hodisalarining natijalari ekanligi isbotlangan;
kurkunaklar avlodining tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyati ularning biotsenotik aloqalardagi (ijarachilik, sig‘indilik va yirtqichlik) topik va trofik munosabatlari hamda asalarichilik xo‘jaliklari asosida aniqlangan;
“Merops-ofat signali” bioakustik repellenti ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazish orqali uning  Merops avlodi turlarining hatti-harakatini boshqarishda amaliyotda qo‘llanilayotgan boshqa repellentlarga nisbatan yuqori samaradorlikka egaligi  isbotlangan;
asalarichilik xo‘jaliklarida Merops avlodining biozararlanishdagi ishtirokini kamaytirish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda kurkunaklar-Merops avlodining bio-ekologik xususiyatlari va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kurkunaklarning hatti-harakatini bioakustik repellentlar orqali boshqarish asosida ularning asalarichilik xo‘jaliklariga etkazadigan zararini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 maydagi 02/23-216-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurkunaklar (Merops)  avlodining hatti-harakatlarini boshqarish orqali ularning asalarichilik xo‘jaliklariga etkazadigan zararli ta’sirini kamaytirish va ularni muhofaza qilish imkonini bergan;
O‘zbekistonda tarqalgan kurkunaklar 2 turining nushalari (M. apiaster 5 ta, M. persicus 4 ta) va 50 ta oshqozonlari respublikada yetakchi sanalgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ekti fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 21 iyundagi 4/1255-1454-son ma’lumotnomasi). Natijada, nushalar kolleksiyaning ornitologiya fondini to‘ldirgan va kurkunaklarning hozirgi vaqtda respublikada tarqalishini baholash hamda elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish