Baxromova Barno Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysi o‘rgimchaklari (Arachnida; Araneae) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B509.
Ilmiy rahbar: Shakarboev Erkinjon Berdiiulovich, biologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikromjon Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; G‘aniev Komolidin Xalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi faunasida o‘rgimchaklar tur tarkibini tuzish, zoogeografiyasini aniqlash, mavsumiy dinamikasini va dominant turlar bioekologiyasini asoslash hamda ulardan foydalanishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida uchrovchi o‘rgimchaklarning tur tarkibi aniqlanib, 20 oilaga mansub 44 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida qayd etilgan turlar ichida Argiope bruennichi, Philaeus chrysops, Steatoda paykulliana, Steatoda triangulosa, Ozyptila atomaria, Thomisus onustus turlari dominat turlar ekanligi isbotlangan;
Dominant turlarning mavsumiy dinamikasi aniqlangan va individlarning uchrash darajasi mavsumga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
Farg‘ona vodiysi araxnofaunasining mavsumiy dinamik o‘zgarishi oilalar darajasida aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi araxnofaunasi zoogeografik munosabatiga ko‘ra 3 areal bo‘ylab tahlil etilib, o‘rgimchaklar bir biridan tog‘, adir va cho‘l ekosistemalari bo‘yicha yashash tarzi farqliligi aniqlangan;
Yaruslarda tarqalishiga ko‘ra o‘rgimchaklarni bir necha biotoplarda uchrashiga qarab ajratib chiqilgan;
O‘zbekistonda Arctosa pardosina, Markaziy Osiyoda Aelurillus dubatolovi va Phyxioschema roxana, Osiyoda Vagiphantes vaginatus turlari Farg‘ona vodiysida uchrab ularning endemik tur ekanligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida uchraydigan 5 turga oid ( Plexippus strandi, Steatoda paykulliana, Steatoda triangulosa, Tetragnatha extensa, Thomisus onustus) o‘rgimchaklar mitoxondrial DNK ning sitoxrom s oksidaza I (COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar darajada identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysio‘rgimchaklari faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Salticidae, Tetragnathidae, Theridiidae va Thomisidae oilalarining mos ravishda Plexippus strandi (n=1), Tetragnatha extensa (n=1), Steatoda paykulliana (n=2), S. triangulosa (n=1) va Thomisus onustus (n=1) turlarining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga kiritilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2021 yil 19 avgustdagi ma’lumotnomasi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Plexippus strandi – MZ832175, Tetragnatha extensa – MZ832179, Steatoda paykulliana – MZ832176; MZ832177, S. triangulosa – MZ832178 va Thomisus onustus – MZ832180 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda o‘rgimchaklar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi xududida uchrovchi o‘rgimchaklarning 5 turdan iborat namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 11 apreldagi 4/12255-806–son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar araxnologiya fondini boyitgan va o‘rgimchaklar turlari xilma-xilligini aniqlash hamda sistematik tahlil qilish imkonini bergan.