Rajabov Orifjon Xonimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jadallashtirilgan ta’limning iqtidorli o‘quvchilar bilish jarayonlariga ta’siri», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P394.
Ilmiy rahbar: Qodirov Botir Raxmankulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abdiraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent;  Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jadallashtirilgan ta’limning iqtidorli o‘quvchilar bilish jarayonlariga ta’sirini o‘rganish va rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli o‘quvchilar kognitiv qobiliyatlari shakllanishining jadallashtirilgan ta’lim samaradorligi o‘quvchilarda amaliy-integrativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga ta’siri sababli ularda tafakkur ko‘lamini tarkib toptirishi aniqlangan;
iqtidorli o‘quvchilarni tanlashning guruhdagi intellektual mavqeini belgilashga ta’siri natijasida ularda nutqiy qobiliyatlar va noverbal tafakkurning rivojlanishi uchun amaliy-intellektual hislarga ustuvorlik berish analitik va divergent tafakkurning shakllanishiga asos bo‘lishi isbotlangan;  
jadallashtirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilardagi tafakkur mustaqilligini rivojlanishiga tafakkur kengligi xususiyatlarining ta’sirini operativ xotiraning intensivligi, realistik hayolning yorqinligiga ustuvorlik berish asosida kuchaytirishga erishish mumkinligi sababli ularda fikrlar originalligi va moslashuvchanligini namoyon qilishga to‘g‘ri proporsional bog‘liq ekanligi asoslangan;
iqtidorli o‘quvchilar uchun jadallashtirilgan ta’limda boyitish, kengaytirish, chuqurlashtirish strategiyalarini qo‘llash diqqat konsentratsiyasi, xotira assotsiatsiyalari, mantiqiy prognozlash qobiliyatining kuchayishi, divergent masalalarni hal etishga qiziqishning ortishiga olib kelishi sababli, ularning bilish jarayonlari dinamikasiga ta’sir etish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jadallashtirilgan ta’limning iqtidorli o‘quvchilar bilish jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtidorli o‘quvchilar kognitiv qobiliyatlari shakllanishining jadallashtirilgan ta’lim samaradorligi o‘quvchilarda amaliy-integrativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga ta’siri sababli ularda tafakkur ko‘lamini tarkib toptirishi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-sonli buyrug‘i bilan  «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
iqtidorli o‘quvchilarni tanlashning guruhdagi intellektual mavqeini belgilashga ta’siri natijasida ularda nutqiy qobiliyatlar va noverbal tafakkurning rivojlanishi uchun amaliy-intellektual hislarga ustuvorlik berish analitik va divergent tafakkurning shakllanishiga asos bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida shaxsni individual-psixologik jihatdan o‘rganish, psixodiagnostik imkoniyatlarini tahlil qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ilmiy-uslubiy asoslarini yanada kuchaytirishga erishilgan;
jadallashtirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilardagi tafakkur mustaqilligini rivojlanishiga tafakkur kengligi xususiyatlarining ta’sirini operativ xotiraning intensivligi, realistik hayolning yorqinligiga ustuvorlik berish asosida kuchaytirishga erishish mumkinligi sababli ularda fikrlar originalligi va moslashuvchanligini namoyon qilishga to‘g‘ri proporsional bog‘liq ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-sonli buyrug‘i bilan  «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida psixolog kadrlarning iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun zarur uslubiy-texnologik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
iqtidorli o‘quvchilar uchun jadallashtirilgan ta’limda boyitish, kengaytirish, chuqurlashtirish strategiyalarini qo‘llash diqqat konsentratsiyasi, xotira assotsiatsiyalari, mantiqiy prognozlash qobiliyatining kuchayishi, divergent masalalarni hal etishga qiziqishning ortishiga olib kelishi sababli, ularning bilish jarayonlari dinamikasiga ta’sir etish mumkinligi isbotlangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-9-son ma’lumotnomasi).Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi psixologlarning iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlari takomillashtirilib, amaliy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish