Abduqahhorova Gulnoza Abdurasul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda deviant xulq-atvorni bartaraf etishda ijtimoiy-psixologik xizmatning o‘rni», 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P57.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Melikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; To‘laganova Gulchehra Qo‘chqorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda deviant xulq-atvorni oldini olishda ijtimoiy-psixologik xizmatning samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar xulq-atvorida yuqori darajadagi giperaktivlikning psixogen vaziyatlarni yuzaga keltirishi natijasida shaxslararo munosabatlarga ijobiy ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar (xulq o‘zgarishi, ijtimoiy muhit, qiziqish, moyilliklar)ni aniqlash zarurati xulqiy o‘zgarishlarni oldini olish mumkinligi dalillangan;
stimul-reaksiya tamoyilining o‘smirlar xulqidagi egoizmning kuchayishiga dinamik ta’siri tufayli ijtimoiy psixologik immunitet pasayishi va salbiy xulq-atvorini bartaraf etish uchun o‘smir «Men»iga korreksion ta’sir etishiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik xizmatda deviantlik profilaktikasini kuchaytirish zarurligi asoslangan;
o‘smirlarda deviant xulqni keltirib chiqaruvchi psixologik, fiziologik salbiy harakatlarning oshishi sababli ular tajovuz holatini ijobiy o‘zgartirishga erishishda «autosuggestiya» usulini qo‘llash ta’sirli bo‘lishi hamda xulqiy og‘ishlarga berilmaslikni shakllantirish mumkinligi isbotlangan;
muloqot jarayonida tanqid qilish va taqqoslash usullarini qo‘llash o‘smirlar xulqiy o‘zgarishida agressiyani keltirib chiqarishi sababli ularda deviantlikni erta aniqlash va korreksion choralarni belgilab olishda «kaktus» usuli orqali psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish deviant xulqlilar uchun ijtimoiy-psixologik xizmat samaradorligini ta’minlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda deviant xulq-atvorni bartaraf etishda ijtimoiy-psixologik xizmatning o‘rni mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlar xulq-atvorida yuqori darajadagi giperaktivlikning psixogen vaziyatlarni yuzaga keltirishi natijasida shaxslararo munosabatlarga ijobiy ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar (xulq o‘zgarishi, ijtimoiy muhit, qiziqish, moyilliklar)ni aniqlash zarurati xulqiy o‘zgarishlarni oldini olish mumkinligi dalillanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 2880-sonli buyrug‘iga asosan psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 06-06/4-2880-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida maktab psixologlari faoliyatida psixologik xizmat ko‘rsatishda o‘smir o‘quvchilarda deviant xulq-atvorga nisbatan psixologik himoya mexanizmlarining rivojlanganligi va ularning xulqiy og‘ishlarga nisbatan malaka ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
stimul-reaksiya tamoyilining o‘smirlar xulqidagi egoizmning kuchayishiga dinamik ta’siri tufayli ijtimoiy psixologik immunitet pasayishi va salbiy xulq-atvorini bartaraf etish uchun o‘smir «Men»iga korreksion ta’sir etishiga ko‘ra ijtimoiy-psixologik xizmatda deviantlik profilaktikasini kuchaytirish zarurligi asoslangan ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida markaz amaliyotchi psixologlarining uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘smirlarda deviant xulqni keltirib chiqaruvchi psixologik, fiziologik salbiy harakatlarning oshishi sababli ular tajovuz holatini ijobiy o‘zgartirishga erishishda «autosuggestiya» usulini qo‘llash ta’sirli bo‘lishi hamda xulqiy og‘ishlarga berilmaslikni shakllantirish mumkinligi isbotlanganligiga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida deviant xulq turiga qaramlikni oldini oluvchi ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar, shaxslilik xususiyatlari, deviant xulqqa moyillik darajasi hamda tobelik ko‘rsatkichlarini bartaraf etuvchi psixoprofilaktik va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni samarali tashkil etish unumdorligini oshirishga xizmat qilgan;
muloqot jarayonida tanqid qilish va taqqoslash usullarini qo‘llash o‘smirlar xulqiy o‘zgarishida agressiyani keltirib chiqarishi sababli, ularda deviantlikni erta aniqlash va korreksion choralarni belgilab olishda «kaktus» usuli orqali psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish deviant xulqlilar uchun ijtimoiy-psixologik xizmat samaradorligini ta’minlanishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 59-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida deviant xulq-atvor profilaktikasiga oid ma’lumotlarning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan.