Xamidova Feruza Yusupdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maxalliy yasmiq donlarini texnologik xususiyatlarini o‘rganish va yuqori sifatli oziqa uni ishlab chiqarishda foydalanish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2799.
Ilmiy rahbar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshid Majidovich texnika fanlari doktori, professor; Djaxongirova Gulnoza Zinnatulaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy yasmiq donlarini texnologik xususiyatlarini aniqlash va yuqori sifatli oziqa uni ishlab chiqarishda foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxalliy yasmiq navlari doni va uni qayta ishlangan mahsulotlarining biokimyoviy tarkibi aniqlangan va ularning oziqaviylik qiymati baholangan;
yasmiq donlarida oqsillarning shakllanishi, umumiy oqsilning ko‘payishi, suvda erimaydigan oqsillar miqdori o‘zgarmay qolishi natijasida asoslangan;
yasmiq donining biokimyoviy xossalarini o‘zgarishsiz saqlash uchun ozon bilan ishlov berishning optimal sharoitlari: vaqt 60 min., tok kuchi 3,5-4 A., gaz miqdori 1 l/min., ishlov berishda qulay konsentratsiya 30 mg/m3 ga tengligi aniqlangan;
ishlab chiqarishda yasmiq unining biologik qiymatini oshirish va uni bug‘doy uni bilan boyitishning texnologik echimlari ilmiy asoslangan va ishlab chiqilgan;
yasmiq-bug‘doy oziqa unining orgonoleptik va texnologik xossalarini saqlab qolinishi uchun kompozision unning optimal tarkibi (bug‘doy- yasmiq uni 95/5 % proporsiyada) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yasmiq donlarini texnologik xususiyatlarini o‘rganish va sifatli oziqa uni ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
mahalliy yasmiq donlaridan un ishlab chiqarish usullari Samarqand viloyati “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligining un ishlab chiqarish tegirmonida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmaxsulot” AKning 2022 yil 21 iyundagi 10-1-11/83694-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan unning sifat ko‘rsatgichlari va oziqaviyligi yuksaltirilgan va yasmiq donlari unidan bug‘doy doni unini 5 % boyitish imkonini bergan;
mahalliy yasmiq donlari Samarqand viloyati “Xanifa Marzieva” va “Yangiyo‘l AGRO produkt” fermer xo‘jaliklari er maydonlarida sinov namunalari sifatida etishtirishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 dekabrdagi  AA/3-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, yasmiqning “Darmon”, “Oltin don” va “Sarbon” Respublikamiz fermer xo‘jaliklarida va dala sharoitlarida etishtirishning agrotexnologik yo‘riqnomalarini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish