Oltiev Azim To‘yqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yog‘ va moylar aralashmasini pereeterifikatsiyalash texnologiyasini unumli katalizatorlardan foydalanib takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T275.
Ilmiy maslahatchi: Majidov Qaxramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva Gulnora O‘rinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Ahmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘ va moylar aralashmasini pereeterifikatsiyalash texnologiyasini unumli katalizatorlardan foydalanib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katalizatorlar sifatida natriy metilati va etilatidan foydalanib, yog‘ va moylarni pereeterifikatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish usullari ilmiy va nazariy jihatdan asoslangan, katalizatorlarning faolligi 95-98%, pereeterifikatsiyalash qobiliyati 100% ga ta’minlanishi isbotlangan;
yangi avlod katalizatorlarida pereeterifikatsiyalangan ovqatbop yog‘lar tarkibida polito‘yinmagan yog‘-kislotalari miqdorini 55-65% ga, texnologik jarayonni selektivligini 95-100%, davomiyligini 45-120 minutda amalga oshirib, erish harorati 31-34%, qattiqligi 220-240 g/sm bo‘lgan ovqatbop yog‘larni ishlab chiqarish usuli yaratilgan;
yog‘ va moylarni samarali natriy etilat katalizatorida molekulyar va molekulalararo pereeterifikatsiyalash jarayonida ovqatbop yog‘lar uchgliseridlarida yog‘ kislotalarini sn-1, sn-2 va sn-3 holatlaridagi joylashuvi aniqlangan;
pereeterifikatsiyalash texnologiyasida olinadigan ovqatbop yog‘larni qo‘llab, maqsadli margarinlarni yog‘lilik miqdorini 65-82% ga ta’minlab, tayyor mahsulotlarni oshirish, turlarini kengaytirish va oziqaviy qiymatini oshirish usullari yaratilgan;
omega-3 yog‘ tabiatli, tarkibida polito‘yinmagan yog‘ kislotalarining 25-28% miqdori, yog‘liligi 82,5% bo‘lgan katalitik usulda pereeterifikatsiyalangan yog‘larning yuqori sifat ko‘rsatkichlari va oziqaviy xavfsizligi isbotlangan;
tarkibida 40-45% miqdorda polito‘yinmagan yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan pereeterifikatsiyalangan yog‘lardan foydalanib, yog‘lilik darajasi 65-82,5% bo‘lgan maqsadli margarinlarning yangi navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘ va moylar aralashmasini pereeterifikatsiyalash texnologiyasini unumli katalizatorlardan foydalanib takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarish sharoitida natriy etilat katalizatorida yog‘ va moylar aralashmasini pereeterifikatsiyalash texnologiyasi “Toshkent yog‘-moy kombinat” AJda joriy etilgan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2022 yil 25 apreldagi KC/3-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, pereeterifikatsiyalangan yog‘larni ishlab chiqarish jarayonida amalda qo‘llanilayotgan natriy metilat katalizatori o‘rniga tannarxi arzon bo‘lgan   natriy etilat katalizatoridan foydalanib sifati yuqori bo‘lgan yog‘-moy mahsuloti olish imkonini bergan.
pereeterifikatsiyalash texnologiyasida o‘simlik moyi-qattiq yog‘lar va ovqatbop salomaslarining nisbatlari 30-35:15-30:35-55 miqdori “Toshkent yog‘-moy kombinat” AJda amaliyotiga tadbiq qilingan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2022 yil 25 apreldagi KC/3-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘liligi 70-82,5% bo‘lgan margarin o‘rniga yuqori sifatli va oziqaviy xavfsiz 65-82,5% li  margarin mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlab chiqarish sharoitida 5-15% resurs va 7-12% energiya tejovchi texnologiyasi “Toshkent yog‘-moy kombinat” AJ amaliyotiga joriy etilgan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2022 yil 25 apreldagi KC/3-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish unumdorligi oshib yilliga 350 million so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish