Boltaeva Zarina Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi sharoitida g‘o‘zaning morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga noqulay ekologik omillar ta’sirini baholash», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V664.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudoyberdievich, biologiya fanlari doktori; Kushiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasi sharoitida g‘o‘za navlarining morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga noqulay ekologik stressorlar (qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va yuqori harorat) ta’sirining fiziologik xususiyatlarini aniqlash hamda g‘o‘zaning stress omillarga chidamliligini aniqlashning tezkor usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zaga suv tanqisligi stressini baholash maqsadida barglardagi transpiratsiya jadalligi, barglardagi suv  miqdori, barglarning qoldiq suv tanqisligi, fotosintez jadalligi va boshqa ko‘rsatkichlar asoslangan;
sho‘rlanish stressi ta’sirini baholash maqsadida tajribalar sharoitida hujayra shirasining quyuqlik darajasi, barg to‘qimalarining elektr qarshiligi, barglarning kunduzgi suv tanqisligi, nafas olish jadalligi navlar kesimida solishtirma aniqlangan;
yuqori harorat stressi ta’sirini baholash maqsadida issiqxona tajribalari sharoitida hujayralarning turgotsentlik darajasi, xlorofill pigmentlari miqdori, protoplazmaning qovushqoqligi, chang donachalarining hayotchanligi, barg to‘qimalarining issiqqa chidamliligi ilmiy asoslangan;
ilk bor ekologik stressorlarning g‘o‘za navlariga ta’sir darajasi bo‘yicha-sho‘rlanish-1, suv tanqisligi -2 va yuqori harorat-3 o‘rinni egallashi o‘rganilgan morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlar asosida baholangan;
g‘o‘zaning mahsuldorligiga ekologik stressorlarning ta’sirini baholash maqsadida navlarning o‘sish jadalligi, navlar barg sathining kengayishi, fotosintez sof mahsuldorligi, hosil va uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali ekologik stressorlarga nisbatan chidamli hamda hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlar ilmiy asoslangan;
ilk bor g‘o‘za navlarining ontogenez davrida kunduzgi suv tanqisligi (KST), qoldiq suv tanqisligi (QST) hamda hujayra shirasining quyuqlik (HShQ) ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali navlarning ekologik stressorlarga nisbatan chidamlilik darajasini aniqlashning  tezkor usullari va stress omillarning  g‘o‘zaga fiziologik ta’sir mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasi sharoitida g‘o‘zaning morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga noqulay ekologik stressorlar ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik stressorlarning g‘o‘za navlariga ta’sir darajasi bo‘yicha-sho‘rlanish-1, suv tanqisligi -2 va yuqori harorat-3 o‘rinni egallashini morfofiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari fermer xo‘jaliklari er maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 1 iyundagi 01/04-1452-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv tanqisligi, o‘rtacha-kuchli sho‘rlangan va yuqori harorat variantlarida o‘rganilgan barcha g‘o‘za navlari hosildorlik darajasining nazorat variantiga qaraganda 1-7,2 sentnergacha har xil darajada kamaytirish imkonini bergan;
g‘o‘za navlarining ontogenez davrida kunduzgi suv tanqisligi (KST), qoldiq suv tanqisligi (QST) hamda hujayra shirasining quyuqlik (HShQ) ko‘satkichlarini aniqlash orqali navlarning ekologik stressorlarga nisbatan chidamlilik darajasini aniqlashning tezkor Buxoro viloyati sharoitida 200 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 01 iyundagi 01/04-1452-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za navlarining stress omillarga chidamliligining oshishi evaziga hosildorlikni va tola sifatini oshirish imkonini bergan;
g‘o‘za navlarining noqulay stress (qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va yuqori harorat) omillarga chidamlilik belgilaridan №FA-A8-T015 «Introgressiv liniyalardan foydalanib, suv tanqisligi sho‘rxoklikka kompleks chidamli yangi nav va liniyalarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga tatbiq etish» loyihasida kompleks chidamli yangi nav va liniyalarni qayta ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 23 maydagi 4/1255-1201-son ma’lumotnomasi). Natijada, stressga chidamli g‘o‘za liniyalari ajratib olish va ushbu liniyalar ishtirokida stress omillarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish hamda amaliy seleksiya jarayonlarida foydalanish va noqulay omillarning ta’siri kuzatiladigan maydonlarga mos navlarni joylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish