Baxramov Inomjon Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum o‘simliklarining biogeotexnologik imkoniyatlari», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V531.
Ilmiy rahbar: Xo‘jjiev Sodiq Oltievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nasiba Jo‘rakulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum hududida tarqalgan mahalliy o‘simlik turlari, tuproq tarkibi va mikroflorasi hamda ularning o‘zaro assotsiativ munosabatlaridan foydalanib, texnogen buzilgan erlarni og‘ir metallardan tozalashning biotexnologik imkoniyatlarini ochib berish hamda texnogen buzilgan erlarni bioremediatsiya qilishning biotexnologik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘ir metallar bilan zararlangan tuproqlarni mahalliy o‘simliklar yordamida tozalash imkoniyatlari ochib berilgan;
og‘ir metallar bilan zararlangan erlarni tozalashda Carex physodes M.Bieb., Kochia prostrata (L.) Schrad. , Tulipa lehmanniana Merckl. ex Bunge Bromus danthoniae Trin. , Bromus tectorum L. va Poa bulbosa L. kabi o‘simliklardan foydalanish biotexnologiyasi yaratilgan;
hududlarda tarqalgan o‘simliklar rizosferasi va tuproqlarining mikrofloristik tarkibi aniqlanib, ularni o‘simliklarning biogeotexnologik imkoniyatlaridagi ahamiyati asoslangan;
ilk bor tog‘-kon sanoati chiqindilarining tabiiy muhitga tarqalishi va ta’sirini kamaytirish bo‘yicha mahalliy o‘simliklar va ularning rizosfera mikroflorasi yordamida tozalash biotexnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum o‘simliklarining biogeotexnologik imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Artemisia diffusa, Artemisia turanica, Iris songarica Schrenk, K.prostrata (L.) Schrad., Carex pachystylis., Poa bulbosa, Bromus danthoniae, Bromus tectovum kabi o‘simliklar yordamida samarali bioto‘siqlar barpo etish va tozalash biotexnologiyasi bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalar Navoiy va Buxoro viloyatlari Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish hududiy boshqarmalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 18 martdagi 02-02/7-3599-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘-kon ishlari olib boriladigan va ularning chiqindilari saqlanadigan hududlarda og‘ir metallar va radioaktiv elementlarning atrof-muhitga tarqalishini oldini olish hamda tasirini kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy o‘simliklar yordamida tozalash biotexnologiyalari “Abdujabbor barhayot” va “Xotam Davlat” fermer xo‘jaliklari yaylovlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 8 apreldagi 01/03-0819-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen buzilgan erlarning biorekul`tivatsiyasi va monitoringini amalga oshirish imkonini bergan.