Azimov Sardorbek Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil kasalligiga chalingan bemorlarda urologik kasalliklar klinik-immunologik tavsifi», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib1001.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Rashidov Zafar Raxmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Zuban` Oleg Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil kasalligi bilan birgalikda kelgan bemorlarda urologik kasalliklarning klinik-immunologik tavsifini baholash va urologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sil kasalligi urologik kasalliklar bilan kechgan bemorlar ikkilamchi immunodefisit chuqurliligi SD3+- va SD4+-hujayralar nisbiy hamda mutloq miqdorlaridagi kamayishi, ushbu bemorlar immun tizimidagi o‘zgarishlar immun tizimi T-bo‘g‘inining chuqur total ikkilamchi immunodefisiti bilan tavsiflanishi asoslangan;
ilk bor o‘pka sili urologik kasalliklar birga kelganda immun tizimning V-bo‘g‘iniga (gumoral immunitet) ta’sir bo‘yicha urologik kasalliklar o‘pka siliga og‘irlashtiruvchi omil emasligi isbotlangan, yallig‘lanishni qo‘llovchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar konsentratsiyasining bemorlar qon zardobida ishonarli oshishi yallig‘lanish jarayonining kuchayib borayotgani hamda o‘pka sili kechishini og‘irlashtiruvchi omil ekanligi isbotlangan;
yallig‘lanish jarayonining faol bosqichida antibakterial vositalar bilan birgalikda qo‘llovchi antiresidiv terapiya sifatida ham Kanefron N siydik tosh kasalligi va siydik yo‘li noan’anaviy infeksiyasida sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda davolash va profilaktik tadbirlar kompleksidan foydalanish, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ushbu kasalliklarni davolashda samarali usulning varianti sifatida ishlab chiqilgan;
sil kasalligiga chalingan bemorlarda yo‘ldosh urologik kasalliklardan siydik tosh kasalligi, siydik yo‘li infeksiyasi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi tarqalishi va ularning sil kasalligi kechishiga salbiy ta’siri darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sil kasalligiga chalingan bemorlarda urologik kasalliklar klinik-immunologik tavsifi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
sil kasalligi urologik kasalliklar bilan kelganda davolash taktikasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda prostata bezining zararsiz giperplaziyasining davolash va profilaktik taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 8n-r/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda prostata bezining zararsiz giperplaziyasining davolash va profilaktik taktikasini ishlab chiqish imkonini bergan;
sil kasalligiga chalingan bemorlarda urologik kasalliklar klinik-immunologik tavsifi bo‘yicha ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan Buxoro viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Navoiy viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi amaliyotiga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish