Kurtieva Shadiening
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pubertat davrda neyrovegetativ buzilishlar: patogenez, klinika, davolash va profilaktika», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib600.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlatish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiet fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ozarbayjon vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda tananing avtonom regulyasiyasi xususiyatlarini aniqlash, VDS bilan ogrigan usmirlarni davolash va reabilitatsiya bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida VDSda vegetativ nerv tizimining markaziy tuzilmalari va segmentar bo‘limlarining funksional buzilishlari polisistemligi bilan perinatal davridagi nerv tizimining shikastlanishi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
VDS bo‘lgan o‘smirlarda teta-ritm hosil qilishning septo-gipokampal mexanizmi natijasida VNT markaziy tuzilmalarining disfunksiyasi sababli suprasegmental darajada talamo-kortikal sinxronizatsiyasi rivojlanishi aniqlangan;
VDS bo‘lgan o‘smirlarda yurak ritmini vegetativ ta’minlash muvozanati buzilishi xisobiga perinatal davrida nerv tizimini shikastlanishi yurak ritmining o‘zgaruvchanlik parametrlariga ko‘ra (SDNN; RMSSD; Mo; AMo; SI; NF; LF; VLF),  vegetativ reaktivlik (VR) va adaptiv-kompensator mexanizmlarning zo‘riqishi xamda uzoq vaqt saqlanishi isbotlangan;
pubertat davrdagi neyrovegetativ buzilishlar natijasidagi endokrin o‘zgarishlar (T3, TTG kamaishi, ST4, T4 tiroid gormonlari, somatotropin, prolaktin, kortizol ko‘tarilishi)  immun tizimning disbalansiga (CD3+, CD8+ kamayishi, effektor - CD16+, CD19+, va regulator - SD25+ HLA-DR+ xujaytalarini ko‘payishi, IgG va monotsit-makrofag immunitetining susayishi)ga ta’siri aniqlangan;
ilk bor o‘smirlardagi neyrovegetativ buzilishlarda dori-darmonli va dori-darmonsiz invaziv bo‘lmagan innovatsion BAK terapiya qo‘llash bilan davoga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
VDS mavjud bo‘lgan o‘smirlarda vegetativ o‘zgarishlarni diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VDS mavjud bo‘lgan o‘smirlarda vegetativ o‘zgarishlarni diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan "Kardiointervalografiya o‘smirlarda neyrovegetativ regulyasiyasini buzilishlarini tashxislash usuli sifatida" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/544-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma VDS bilan og‘rigan o‘smirlarda neyrovegetativ o‘zgarishlarni erta va samarali tashxislash va funksional o‘zgarishlarni surunkali somatik kasalliklariga o‘tish xavfini prognozlash texnologiyasini optimallashtirish imkonini bergan;
VDS mavjud bo‘lgan o‘smirlarda vegetativ o‘zgarishlarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Neyrovegetativ regulyasiyasi jaraeni buzilgan o‘smirlarda bioakustik korreksiyasi orqali reabilitatsiya usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/544-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vegetativ distoniya sindromidao‘smirlarni zamonaviy samarali innovatsion usulda davolash, shuningdek, neyrovegetativ uzgarishlar kuchayishi va surunkali somatik kassalliklariga ugirilishini oldini olish choralarini ko‘rish imkonini bergan;
VDSni o‘smirlarda erta tashxislash mezonlarini qo‘llash va zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar shifoxonasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasi, Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi poliklinikasi, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani, tuman bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 apreldagi 08-10906-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi o‘smirlarda VDSni erta bosqichlarida tashxislashva zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirish, eshlarni xaet sifatini yaxshilash, ularni psixologik va ijtimoiy moslashuv qobiliyatini mustaxkamlash va nixoyat, surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish