Turgunov Sherzod Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yugon ichak choklarini etishmovchiligini oldini olish va davolashda past intensiv lazer nurlanishining texnologiyasini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2162.
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ulugbek Ma’rufdjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Kodirov Shavkat Numanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy lazer ta’sir ko‘rsatishning yangi usulini ishlab chiqish xamda uning samaradorligini klinik-eksperimental asoslash orqali yo‘g‘on ichak choklari etishmovchiligini davolash va oldini olish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peritonitning o‘ziga xos belgilarining erta rivojlanishi xamda keyinchalik qorin bo‘shlig‘ida piogen abssesslar, infil`tratlar va bitishmalar ko‘rinishida chegaralanish bilan tavsiflanuvchi yo‘g‘on ichak choklari etishmovchiligini shakllantirishning eksperimental modeli takomillashtirilgan;
yo‘g‘on ichak choklari etishmovchiligini eksperimental modellashtirishda lazer ta’siri (1500-3000 Gs chastotali, to‘lqin uzunligi 850-890 nm, impuls quvvati 5 Vt) ko‘richak soxasida mikrotsirkulyasiyaning kuchayishi bilan mahalliy ishemiyani bartaraf etishga xamda yallig‘lanishning regressiyasini ta’minlashga imkon berishi, ammo infil`tratning shakllanishi va rezorbsiyasi jarayonlariga ta’sir qilmasligi isbotlangan;
yo‘g‘on ichak choklari etishmovchiligining eksperimental modelini shakllantirish jarayonida qorin bo‘shlig‘ining mikrobial ifloslanishining xususiyati va strukturasiga aniqlik kiritilgan xamda infraqizil lazer ta’sir ko‘rsatish birinchi kundanoq patogenlarning salbiy o‘sishini va tez bitishni ta’minlashi isbotlangan;
yo‘g‘on ichak anastomozi sohasiga lazer ta’sir ko‘rsatish, nurlanish xududidagi yallig‘lanish reaksiyasini kamaytirishga yordam berishi, regeneratsiya jarayonini rag‘batlantirishi, mahalliy immun tizimini rag‘batlantirish va mikrotsirkulyasiyani yaxshilash xisobiga infeksion asoratlar rivojlanishini bartaraf etishi morfologik tadqiqotlar orqali isbotlangan;
anastomozit va yo‘g‘on ichak anastomozlari choklari etishmovchiligini oldini olish va davolash uchun anastomoz soxasida mahalliy mikrotsirkulyasiyani va to‘qimalar reparatsiyasini kuchaytirishni, shuningdek, chandiqli jarayonlar rivojlanish xavfini kamaytirishni ta’minlaydigan past energiyali infraqizil lazer ta’sir ko‘rsatish usuli takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy lazer ta’sir ko‘rsatishning yangi usulini ishlab chiqish va uning samaradorligini klinik-eksperimental asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
anastomozitlar va yo‘g‘on ichak anastomozi choklari etishmovchiligini oldini olish va davolash uchun kam energiyali infraqizil lazer ta’sir ko‘rsatish usuli takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 08-14512-son ma’lumotnomasi). Lazer terapiyasining tavsiya etilgan usuli mahalliy mikrotsirkulyasiyani va to‘qima reparatsiyasini oshirishni, shuningdek, anastomoz sohasida chandiqli jarayonlar rivojlanishi xavfini kamaytirishni ta’minlagan.
yo‘g‘on ichak anastomozi choklari etishmovchiligi va anastomozitlarni oldini olish va davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yo‘g‘on ichak anastomozi choklari etishmovchiligi va anastomozitlarni oldini olish va davolashning takomillashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 08-14512-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma anastomozitlar, yo‘g‘on ichak anastomozlari choklarining etishmovchiligi va ularning chandiqli torayishi holatlarini kamaytirish xisobiga davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining xirurgiya bo‘limiga va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi 08-14512-son ma’lumotnomasi). Yo‘g‘on ichak anastomozlari choklari etishmovchiligini oldini olish va davolash uchun past intensivli lazer nurlanishi texnologiyasini takomillashtirish tashrixdan keyingi davrni asoratli kechishi ulushini 34,0% dan 12,9% gacha kamaytirish, anastomozlar tomonidan kuzatiluvchi asoratlar chastotasini 19,1% dan 3,2% gacha kamaytirish, faol peristaltikaning tiklanish muddatini 2,6±0,07 dan 1,7±0,10 kungacha qisqartirish, reabilitatsiya jarayonlarini tezlashtirish, takroriy xirurgik davolash zaruriyatini bartaraf etish, tashrixdan so‘nggi gospital muddat davomiyligini 11,5±0,4 dan 8,8±0,4 kungacha, shuningdek, o‘lim darajasini 8,5% dan 3,2% gacha qisqartirish imkonini bergan.