Tavashov Shaxzod Xujaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oltingugurt birikmalarini yutuvchi chiqindi ruxli adsorbentdan rux oksidini ajratish va uning asosida adsorbent olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1522.
Ilmiy rahbar: Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Shamshiddinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chiqindi rux saqlovchi adsorbentlardan oltingugurt birikmalarining samarali adsorbentini olishning mahalliy texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi ruxli adsorbentlardan olingan eritmalarning kimyoviy tarkibi va rux oksidiga texnologik parametrlarning ta’siri aniqlangan;
GIAP-10 chiqindi ruxli adsorbentdan ajratib olingan nitrat kislotali eritmalardan toza rux birikmalarini natriy, ammoniy karbonat va ammiak eritmalari bilan ajratib olish talablari va rux oksidini (91,28%) ajratib olishni maksimal darajasini tashkil etuvchi jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
asosiy rux karbonatni rux oksidiga qayta ishlash va undan ruxli adsorbent olishni texnologik rejimining optimal normalari aniqlangan;
GIAP-10 chiqindi ruxli adsorbentlarni qayta ishlab, rux oksidi va uning asosida oltingugurtli birikmalar adsorbenti olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rux saqlovchi adsorbent olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GIAP-10 markali chiqindi rux saqlovchi adsorbentlaridan rux oksidi va kerakli tozalikdagi rux birikmalarini ajratib olish texnologiyasi «OKMK» AJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («OKMK» AJning 2022 yil 17 maydagi AA-003592-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi ruxli adsorbentlardan rux oksidi ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi;
chiqindi ruxli adsorbentlardan tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash uchun rux saqlovchi adsorbentlar olish texnologiyasi «OKMK» AJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («OKMK» AJning 2022 yil 17 maydagi AA-003592-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiyaning joriy etilishi kimyo sanoatini oltingugurtli birikmalar adsorbenti bilan ta’minlaydi va import qilinadigan katalizatorlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi.