Ganjiev Feruz Furqatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik  kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishi», 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.RhD/P105.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiyachilar ijtimoiy-psixologik kompetentligida kommunikativ qobiliyatlari ular faoliyat moslashuvchanligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi muloqotdagi hamkorlik pozisiyasini shakllanishi ularda frustratsiyani engishga yo‘nalganlikni hissiy-bilish jihatiga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy nizolarni oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim jihati ekanligi dalillangan;
«tarbiyachi – ota-ona», «tarbiyachi – tarbiyachi» munosabatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmining ta’siri natijasida konstruktiv (ijobiy natijali) muloqot o‘rnatish uchun muvaffaqiyatga erishish motivining hissiy-baholovchi xususiyatini kuchaytirish zarurligi sababli sotsial-perseptiv kompetentlikni rivojlantirish mumkinligi isbotlangan;
tarbiyachilar emotsional barqarorligi va xavotirlanish darajasi pasayishi orasida teskari proporsional bog‘liqlik mavjudligiga ko‘ra ularda ijtimoiy vaziyatga yo‘nalganlik, insonlarni tushunishga to‘g‘ri yondashish zaruratini yuzaga keltirishi sababli ijtimoiy-psixologik kompetentlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir etish mumkinligi aniqlangan;
tarbiyachilarning shaxslararo muloqotida vaziyatni to‘g‘ri idrok qilish jarayoniga sezgirlikni singdirish muhimligi sababli ulardagi muloqotga yo‘nalganlik, kirishimilik, hamfikrlilik va qo‘llab-quvvatlash hissini rivojlanishiga ta’sir etishiga ko‘ra, ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarini  rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarbiyachilar ijtimoiy-psixologik kompetentligida kommunikativ qobiliyatlari ular faoliyat moslashuvchanligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi muloqotdagi hamkorlik pozisiyasini shakllanishi ularda frustratsiyani engishga yo‘nalganlikni hissiy-bilish jihatiga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy nizolarni oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim  jihati ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan  «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-15-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, kompetensiyalarini namoyon bo‘lish jihatlari, qonuniyatlari borasidagi  kasbiy bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
«tarbiyachi – ota-ona», «tarbiyachi – tarbiyachi» munosabatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmining ta’siri natijasida konstruktiv (ijobiy natijali) muloqot o‘rnatish uchun muvaffaqiyatga erishish motivining hissiy-baholovchi xususiyatini kuchaytirish zarurligi sababli sotsial-perseptiv kompetentlikni rivojlantirish mumkinligi isbotlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-15-son ma’lumotnomasi).  Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi holatlarni ilmiy prognozlash ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
tarbiyachilar emotsional barqarorligi va xavotirlanish darajasi pasayishi orasida teskari proporsional bog‘liqlik mavjudligiga ko‘ra ularda ijtimoiy vaziyatga yo‘nalganlik, insonlarni tushunishga to‘g‘ri yondashish zaruratini yuzaga keltirishi sababli ijtimoiy-psixologik kompetentlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir etish mumkinligiga doir xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 02–02/2–793-sonli dalolattnomasi asosida Buxoro hamda Navoiy viloyatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-15-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faoliyatida psixodiagnostik ishlarining samaradorligi oshirilgan;
tarbiyachilarning shaxslararo muloqotida vaziyatni to‘g‘ri idrok qilish jarayoniga sezgirlikni singdirish muhimligi sababli ulardagi muloqotga yo‘nalganlik, kirishimilik, hamfikrlilik va qo‘llab-quvvatlash hissini rivojlanishiga ta’sir etishiga ko‘ra, ijtimoiy-psixologik kompetentlikni shakllantirish zarurati asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 martdagi P-15-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-15-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixologlarning maktabgacha ta’lim tarbiyachilari bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ta’minoti takomillashtirililib, amaliy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish