Norxo‘jaeva Rixsiyaxon Fayzulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallarga ishlov beruvchi asboblar uchun metall qatlamli kompozisiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2488.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Azad Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Risqulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metallarga ishlov beruvchi asboblar uchun metall qatlamli kompozisiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall qatlamli kompozisiyali metallarga ishlov beruvchi asbobning olish texnologiyasi kompozisiya qattiqligigining toblash haroratiga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
metall qatlamli plashkaga termik ishlov berish texnologiyasi plashkaning asbobsozlik qo‘ymasi bilan asbobning korpusi o‘rtasida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
metall qatlamli plashkaga termik ishlov berishning, jumladan 1200 0S haroratda pog‘onali toblash so‘ngra moyda sovitish, so‘ngra 160-170 0S haroratda bo‘shatish so‘ngra havoda sovitishdan iborat rejimlari kompozisiyada asbobsozlik qo‘ymasi bilan asbobning korpusi o‘rtasidagi birikish zonasining shakllanish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
quyma metall qatlamli kompozisiyada asbobsozlik po‘lati bilan konstruksion po‘lat o‘rtasidagi birikmaning oraliq zonasidagi tuzilishi va faza tarkibi o‘zgarishi mikro va rentgenstruktura o‘zgarishiga bog‘liqlik darajasi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallarga ishlov beruvchi asboblar uchun metall qatlamli kompozisiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallarga ishlov beruvchi asbobning metall qatlamli kompozisiyasini tayyorlash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 6 dekabrdagi №HA-009499-son ma’lumotnomasi). Natijada, asbobsozlik po‘latiga bo‘lgan talabni 30-40% ga kamaytirish imkonini bergan;
metall qatlamli plashkaga termik ishlov berish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 6 dekabrdagi №HA-009499-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall qatlamli plashkaning eyilishbardoshliligini 1,3-1,4 marta va qattiqligini HRC61 dan HRC63 gacha oshirish imkonini bergan;