Bekmurodov Xumoyiddin Tojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Unumdorligi past erlarda g‘o‘za va hamkor ekinlarning sug‘orish tartibini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati tuproq iqlim sharoitida)”, 06.01.02 - Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx494.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Djamaliddin Qazaqdjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Sultonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining unumdorligi past erlarida g‘o‘za va hamkor (mosh va soya) ekinlarini sug‘orish tartiblarini, hamda tuproq unumdorligini oshirish, paxta va dukkakli dondan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, unumdorligi past o‘tloqi bo‘z tuproqlarda g‘o‘za va hamkor ekinlarni sug‘orish tartiblariga, ChDNSga nisbatan 65-65-60, 70-70-60 va 75-75-60%, bog‘liq holda tuproqning agrofizikaviy xossalarida xajm massasi 0,02 g/sm3, 0,05 g/sm3 va 0,08 g/sm3 gacha o‘zgarishi aniqlangan;
unumdorligi past bo‘lgan erlarda g‘o‘za va hamkor ekinlarning maqbul sug‘orish tartibi ChDNSga nisbatan 75-75-60% bo‘lganda 0-2-0 tizimda mavsum davomida 1545 m3/ga me’yorda sug‘orish maqbulligi aniqlangan;
g‘o‘za hamda mosh va soya hamkor ekin sifatida etishtirilganda ularni o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi hamda tola sifat ko‘rsatkichlari sug‘orish tartiblariga (ChDNSga nisbatan 65-65-60, 70-70-60 va 75-75-60 foizda) bog‘liqligi isbotlangan;
g‘o‘za va hamkor ekinlar etishtirilgan maydonda mavsumiy suv balansi ko‘rsatkichi va bir sentner hosil olish uchun sarflangan suv miqdori 128,9 -144,3 m3/s tashkil etishi aniqlangan;
unumdorligi past erlarda g‘o‘za va hamkor ekinlarni etishtirish agrotexnikasining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyatining unumdorligi past, sho‘rlanishga moyil o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani mosh va soya bilan hamkor etishtirishda sug‘orish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
“Sirdaryo viloyati sharoitida unumdorligi past erlarda g‘o‘za va hamkor ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligining “Unumdorligi past erlarda g‘o‘za va hamkor ekinlarni sug‘orish agrotexnologiyasi” (-IP-CENTER №0001384) guvohnomasi olingan (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 03/27-3613-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma g‘o‘zani mosh va soya bilan hamkor ekish bo‘yicha qo‘llanma sifatida ishlab chiqarishda fermer va klasterlarda foydalanib kelinmoqda;
g‘o‘zaning “Sulton” navini hamda hamkor ekin moshning “Marjon” navlari bilan parvarishlash agrotexnologiyasi Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Yangi Zafar” f/x 11 ga, “Oltin O‘rda” f/x 15 ga, jami 26,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 03/27-3613-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orish suvlari tejalishiga erishilgan hamda paxtadan-2,5 s/ga, moshdan-4,6 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
g‘o‘zaning “Sulton” navini hamda hamkor ekin soyaning “Nafis” navlari bilan parvarishlash agrotexnologiyasi Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Mega Maks hamkor” f/x 12,5 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 03/27-3613-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer ho‘jaligida paxtadan 2,5 va soyadan-6,7 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, shartli sof foyda 7566,3 ming so‘mni tashkil etib, iqtisodiy samaradorlik ekinlar bo‘yicha 12-18 foizga, rentabellik darajasi 12-26 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan.