Xamidova Shaxnoza Muxamadxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan    tuproqlar    sharoitida    fitomelioratsiyaning samaradorligi (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02 - Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx891.
Ilmiy rahbar: Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Altmishev Adil Sherqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot       instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining sizot suvlarini satxi 1,5-2,5 m, mineralizatsiyasi 3,0-5,0 g/l bo‘lgan o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq, o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tuproqning suv va tuz tartiblarini fitomelioratsiya yordamida maqbullashtirish, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga va tuproqlarning sho‘rini yuvishga sarflanadigan daryo suvlarini iqtisod qilish hamda 1 gektar sug‘oriladigan erlarning samaradorligini oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kuzgi bug‘doy va undan so‘ng fitomeliorant sifatida oq jo‘xori ekilganda tuproqning faol qatlamida xlor ioni bo‘yicha mavsumiy tuz to‘planish koeffisienti 2,3 ni va mosh ekilganda 2,6 ni tashkil etib, fitomeliorant ekinlar tuproqda mos ravishda 31 va 22 foiz kam tuz to‘planishini ta’minlashi aniqlangan;
fitomeliorant ekin sifatida oq jo‘xori va mosh etishtirilgan dalalarning maqbul meliorativ rejimini ta’minlash uchun oq jo‘xori ekilgan dala tuprog‘ining sho‘rini  2380 m3/ga va mosh ekilgan dala tuprog‘ining sho‘rini 3403 m3/ga sho‘r yuvish me’yorlari bilan yuvish aniqlangan;
kuzgi bug‘doy va undan so‘ng fitomeliorant sifatida oq jo‘xori  etishtirilgan tajriba dalasining umumiy suv sarfi 10668 m3/ga ga va mosh etishtirilgan dalaning umumiy suv sarfi 11723 m3/ga teng bo‘lishi xamda nazorat variantiga nisbatan 1971 va  916 m3/ga ga kam suv sarflanishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy va undan so‘ng fitomeliorant sifatida oq jo‘xori  va mosh  etishtirilgan tajriba dalalarida  muvozanat davri oxirida qoldiq tuzlarning miqdori  27,14 t/ga va  28,5 t/ga  ni tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan 4,8 - 6,16 t/ga ga kamayishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy va undan so‘ng fitomeliorant sifatida oq jo‘xori ekilganda, shartli sof foyda 592 ming so‘m/ga, rentabellik darajasi 33,2 foizni tashkil qilishi va mosh  ekilganda mos ravishda 468 ming so‘m/ga va 30,3 foiz bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida fitomelioratsiyaning samaradorligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
 fitomelioratsiya tadbirlarini joriy qilib, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, sug‘orish va sho‘r yuvishda   suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida suv iste’molchilari uchun qo‘llanma sifatida «Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida fitomeliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi TI21857225-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar uchun suv tanqisligi sharoitida ulardan samarali foydalanish, sug‘orish va sho‘r yuvishda suv resurslarini iqtisod qilish xamda erlarning meliorativ holatini yaxshilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doy va undan so‘ng fitomeliorant ekinlar etishtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari 2012-2020 yillarda Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlari fermer xo‘jaliklarining 328 gektar maydonlarida joriy qilingan. (O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi TI21857225-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatining sizot suvlarini satxi 1,5-2,5 m, mineralizatsiyasi 3,0-5,0 g/l bo‘lgan o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq, o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida asosiy ekin - kuzgi bug‘doyning «Kroshka» navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-80-75 % da sug‘orish ishlari amalga oshirilganda vegetatsiya davrida 776 m3/ga suv resurslari iqtisod qilinib, kuzgi bug‘doydan yuqori, 60,5 s/ga don hosili olishga erishilgan;
sho‘rlangan erlarda vegetatsiya davrida tuproqda tuz to‘planishini kamaytirish maqsadida kuzgi bug‘doydan so‘ng fitomeliorant sifatida oq jo‘xori (Sorghum cernuum Host) va mosh (Phaseolus aureus Piper) etishtirish texnologiyasi Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon va Kogon tumanlari fermer xo‘jaliklarining kuzgi bug‘doydan bo‘shagan 522 gektar maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi TI21857225-son ma’lumotnomasi). Natijada oq jo‘xoridan 47,4 s/ga don va 226,2 s/ga pichan hosili hamda moshdan 21,8 s/ga don hosili olinib, dalalar tuproqlarining sho‘rini yuvishda 1980-3003 m3/ga daryo suvlari iqtisod qilingan xamda sug‘oriladigan erlarda qulay meliorativ rejimni ta’minlash va 1 gektar sug‘oriladigan erlarning samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish