Abdirasulov Farrux Abdirasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shimoliy Turkiston brioflorasi va uning bioekologik tavsifi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/B627.
Ilmiy rahbar: Jalov Xolmurod Hakimovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, Phd.03/30.12.2019.b.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Boboradjabov Boboxon, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Turkiston briofitlarining konspektini tuzish hamda uning bioekologik va geografik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Turkiston briofitlarining to‘liq flora konspekti tuzilgan va briofloraning 4 ajdod, 14 qabila, 32 oila, 57 turkumga mansub 116 turi aniqlangan;
O‘zbekiston brioflorasi uchun 14 tur, O‘rta Osiyo florasi uchun ikki tur (Cyrtomnium hymenophylloides (Huebener) T.J. Kop., Calypogeia arguta Nees & Mont.) yangi turlar qayd qilinib ularning GAT xaritalari tuzilgan;
Shimoliy Turkiston brioflorasining shaklanish xususiyatlari hamda ekotoplarni 3 ta tipi ochib berilgan;
Shimoliy Turkiston briofitlari geografik elementlariga ko‘ra 7 ta, namlikga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra 6 ta, substratlarda taqsimlanishiga ko‘ra 9 ta guruhga mansubligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shimoliy Turkiston briofitlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Turkiston tarkibidagi 116 turning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalar Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 1 iyundagi 03-02/7-1410-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston brioflorasi uchun 14 ta kamyob briofit turlari aniqlangan va turlar tarqalgan hududlarni muhofaza qilish, ularni saqlab qolish imkonini bergan;
atmosfera havosi tarkibidagi radionuklidlarni miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan 3 ta indikator turlardan foydalanish uchun Samarqand va Jizzax viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 1 iyundagi 03-02/7-1410-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat hududlari atmosfera havosi tarkibidagi 5 ta zararli radionuklidlarni, jumladan, 137Cs, 40K, 226Ra 7Be 212Th miqdorini briofitlar orqali belgilash va ifloslangan hududlarni aniqlash imkonini bergan;
brioflora tarkibidagi 50 turga mansub 50 nusxa gerbariy namunalari Rossiya Federatsiyasi, Tver davlat universiteti gerbariysi kolleksiyasiga qabul qilingan (Rossiya, Tver davlat universiteti 2022-yil 13 maydagi 068-A3 son ma’lumotnomasi). Natijada, Tver Milliy gerbariysining fondini O‘rta Osiyo briofitlari boyitgan hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish