Tursunkulova Adiba Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi o‘rta oqimi tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi va unumdorligini oshirish», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B280.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Yunus Chintoshevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Sanoatxon Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mansurov Sherali Siddiqovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi o‘rta oqimi (tipik bo‘z, och tusli bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-allyuvial) tuproqlarining sug‘orish ta’sirida morfologik belgilari, fizik, kimyoviy, ekologik-meliorativ xususiyatlari o‘zgarishini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi hududida tarqalgan tuproqlarning antropogen omil ta’sirida evalyusion rivojlanishi va morfogenetik belgilarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar ilmiy asoslangan;
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi tipik bo‘z, och tusli bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi allyuvial tuproqlarining sug‘orish ta’sirida umumfizikaviy xossalari, gumus va oziqa moddalar miqdorlarini o‘zgarishi ochib berilgan;
tadqiqot hududi tuproqlarining sho‘rlanish darajasini o‘zgarishi sug‘orish suvlari ta’siri bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
oraliq ekinlar ekish natijasida o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda mikroorganizm (bakteriyalar, aktenomesitlar, zambrug‘lar) lar soni nazoratga nisbatan 2,83 mln/g, 0,38 mln/g, 24,5 ming/g hamda tuproqdagi makroagregatlar  ulishi g‘o‘za vegetatsiya oxiriga kelib 17,4 % ga ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon daryosi o‘rta oqimida tarqalgan tuproqlar holati va ularning sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofidagi tuproqlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash ulardan foydalanish» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 02/022-2-4154-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari atrofidagi ekin erlari tuproqlarining meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar 2019-2020 yillarda Samarqand viloyatining Samarqand, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlaridagi 186,6 ga sug‘oriladigan maydonlarida joriy etilgan. Jumladan, Samarqand tumanidagi «Mastura saxovati» fermer xo‘jaligidan 31,2 ga bo‘z-o‘tloqi tuproqlar, Ishtixon tumanidagi «Nurmon Abdullaev» fermer xo‘jaligidan 27,54 ga o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Tulovqobilov Maxsudjon» fermer xo‘jaligidan 28,38 ga tipik-bo‘z tuproqlar, Narpay tumanidagi «Ismat sarkarda» fermer xo‘jaligidan 69,3 ga och tusli bo‘z tuproqli maydonlar tanlanib, sug‘orish ta’sirida mexanik tarkibi, umum-fizik xossalari, gumus va oziqa moddalar miqdori hamda sho‘rlanish holatining o‘zgarishi o‘rganildi, tahlil qilindi va unumdorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 02/022-2-4154-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarni mexanik tarkibi, umum-fizik xossalari, gumus va oziqa moddalar miqdori hamda sho‘rlanish holatini yaxshilash, sideratlarni tuproqqa qo‘llash tuproq unumdorligini oshirish uchun asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish