Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida mahsulotlar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–«Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi», 01.04.06–«Polimerlar fizikasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc./T520.
Ilmiy maslahatchilar: Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdug‘affor Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Akbarov Hamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; O‘lmasov To‘lqin Usmonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar tarkibi va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron sanoatida ishlatiladigan yarim metallar, metall oynalar va ular asosidagi nur o‘tkazgichlar o‘rnini bosuvchi, qurum, PS, PVDF asosida, import o‘rnini bosuvchi va eksportga asoslangan modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallarning optimal tarkibi aniqlangan;
kompozision polimer materiallar olishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar orqali polimer-qurum tizimida ularning miqdori va nisbatlari fazalararo qatlamdagi tuzilishidagi o‘zgarishlar aniqlangan;
qurum PS va PVDF tarkibli kompozision materiallarning fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalari hamda tuzilishiga jiddiy ta’sir etishi, yaratilgan kompozision polimer materiallar tarkibidagi qatlam para- va ferromagnit sifatida xarakterlovchi qatlamning mavjudligi asoslangan;
tajribada PS+qurum va PVDF+saja kompozitida EPR spektrlarining kuchli kengayishi aniqlandi;
PS, PVDF, qurum asosida ul`tratovushli modifikatsiyalash orqali elektron sanoatida qo‘llaniladigan yarim metallar, metall oynalar va ular asosidagi nur o‘tkazgichlarning o‘rnini bosuvchi kompozision polimer materiallarning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
qurum bilan to‘ldirilgan, ul`tratovush bilan qayta ishlangan kompozision polimer materiallar asosida, elektron sanoatida qo‘llanadigan nur o‘tkazgichlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektron sanoati uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida mahsulotlar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahsulotlar “Foton” AJdagi mikroeletronika asboblari va mexanizmlari ishchi organlarida joriy etilgan («Foton » AJning 2022 yil 26 iyuldagi 212-son ma’lumotnomasi, «Uzeltexsanoat» Assotsiatsiyasi 2022 yil 29 iyuldagi 04-3/1723-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallardan tayyorlangan nur o‘tkazgichlar yordamida qimmatbaho kremniy va metall oynalardan tayyorlangan nur o‘tkazgichlarni o‘rnini almashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan svetovodlar “Foton” AJdagi mikroeletronika asboblari va mexanizmlari ishchi organlarida joriy etilgan («Foton» AJning 2022 yil 26 iyuldagi 212-son ma’lumotnomasi, «Uzeltexsanoat» Assotsiatsiyasi 2022 yil 29 iyuldagi 04-3/1723-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurum bilan to‘ldirilgan va ul`tratovush bilan ishlov berilgan modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi nur o‘tkazgichlarni mikroelektronikada ishlatish imkonini bergan;
«Modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida svetovodlar olish» uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 22534216-07:2019) («Uzeltexsanoat» Assotsiatsiyasi 2022 yil 29 iyuldagi 04-3/1723-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron sanoatida modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi mahsulotlarni olish imkonini bergan;
«Modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va ular asosida svetovodlar» olish uchun texnologik reglament ishlab chiqilgan (TR 40.4-14952796-024:2019) («Foton» AJning 2022 yil 26 iyuldagi 212-son ma’lumotnomasi, «Uzeltexsanoat» Assotsiatsiyasi 2022 yil 29 iyuldagi 04-3/1723-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron sanoatida modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar asosida mahsulotlar ishlab chiqish imkoni bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish