Soy Vladimir Mixaylovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkiblarni optimal loyihalashning metodologik asoslari va ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarning fizik-kimyoviy xossalarini boshqarish», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T63.
Ilmiy maslahatchi: Odilxo‘jaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Erkin Umarali o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Erofeev Vladimir Trofimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarning tarkibini optimal loyihalashning metodologik asoslarini ishlab chiqish, beton ekspluatatsiya tarkibi va mustahkamligini oldindan bashorat qilish va mineral to‘ldirgichlar aktiv sirtlarini hisobga olgan holda gidratatsiya muhitida fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sirlarni boshqarishga yo‘naltirilgan masalalarni echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mineral mikroto‘ldirgichlar tabiati va sirtining faolligini e’tiborga olgan holda ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarni optimal loyihalash prinsiplari takomillashtirilgan;
mineral mikroto‘ldirgichlar sirtining kislotali asosli xossalarini ko‘p komponentli yuqori mustahkam betonlarning struktura hosil qilish jarayonlari mustahkamlikka oid va ekspluatatsion xossalarining sintezi bilan bog‘ligi asoslangan;
mineral mikroto‘ldirgichlarning reaksiyaga layoqatliligini tavsiflovchi (gidratatsion faollik ko‘rsatkichi R-pga asosida) mezon asosida sementli tizimlar gidratatsiyasi va qotish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish darajasini baholash imkoniyatlari beruvchi yangi klassifikatsiya ishlab chiqilgan;
ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlar strukturasining shakllanish jarayonini qulay kechishi uchun kerakli sharoitni ta’minlovchi dispers fazalar sirtidagi adsorbsion markazlar miqdori va faolligining sementli bog‘lovchi bilan tavsiflashganda o‘zaro bog‘lanishini tasvirlovchi korrelyasion bog‘lanish aniqlangan;
ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarning mineral to‘ldiruvchilarini loyihalash usuli tajribalarni matematik rejalashtirish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkiblarni optimal loyihalash prinsiplari, ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarning optimallashtirilgan tarkiblarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
optimallashtirilgan yuqori sifatli ko‘p komponentli beton qorishmalari «Binokor» MChJ korxonasida yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yullari» AJning 2017 yil 22 sentyabrdagi NG/4273-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi betondagi sement sarfini 1,3 marta kamaytirish imkonini bergan;
ko‘p komponentli beton qorishmalari matematik rejalashtirish kompyuter dasturi «Binokor» MChJ korxonasida beton tarkibini optimallashtirishda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yullari» AJning 2017 yil 22 sentyabrdagi NG/4273-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi beton tarkibini aniqlash, hisoblash ustida olib boriladigan laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini keskin qisqartirish imkonini bergan;
ko‘p komponentli yuqori sifatli betonlarni optimallashtirilgan tarkibi asosida MChJ «RWS OPTIMUM» korxonasida yig‘ma temirbeton shpallar ishlab chiqarish jarayoniga («O‘zbekiston temir yullari» AJning 2017 yil 22 sentyabrdagi NG/4272-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi betondagi sement sarfini 1,15-1,2 marta qisqartirish, uning mustahkamligini 1,2 marta oshirish imkonini yaratgan.