Abdulloev Obidjon Shaxabidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Artemisia annua L. o‘simligi va ferrotsen asosida xalq tabobatida qo‘llaniladigan biologik faol birikmalar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/K135.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shamshidinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor, Axmadaliev Maxammadjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Artemisia annua L o‘simligi kimyoviy takibidagi tarkibidagi artemizinin va sintetik organik peroksidlarning ferrotsenli hosilalarini sintez qilish, ularning biologik faolligini aniqlash, kimyoviy tarkibi asosida sinflash, hamda Artemisia annua L o‘simligi asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida o‘sadigan Artemisia annua L, o‘simligi tarkibidagi, makro- va mikroelementlar, flavonoidlar, artemizinin miqdorlari aniqlangan;
Artemisia annua L, o‘simligidan artemizininni ajratib olish usuli takomillashtirilgan;
Artemisia annua L, o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan artemizininning 3 ta yangi ferrotsenli hosilalari sintez qilinib, ularning kimyoviy tuzilishi 1N va 13S YaMR spektroskopiyasi bilan tasdiqlangan;
sintetik peroksidlar – 1,2,4-trioksalanlarning 4 ta yangi ferrotsenli hosilalari sintez qilingan va ularning kimyoviy tuzilishi 1N va 13S YaMR spektroskopiyasi, mass-spektrometriya usullari bilan isbotlangan;
sintez qilingan va Artemisia annua L, o‘simligida aniqlangan moddalarning saratonga qarshi xususiyati in silico sharoitida aniqlangan va 5 ta birikma amaldagi preparatlardan yuqori xossa namoyon qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Artemisia annua L. o‘simligi va ferrotsen asosida xalq tabobatida qo‘llaniladigan biologik faol birikmalar olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va sintetik organik peroksidlar hamda ularning ferrotsenli hosilalari Uyg‘unlashgan tizim qoidalariga muvofiq sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha tabiiy va sintetik organik peroksidlar uchun - 2909 60 000 1, ferrotsenning organik peroksidlar bilan hosilalari uchun - 2942 00 000 7 tovar kod raqamlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 1/16-037-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy va sintetik organik peroksidlar hamda ularning ferrotsenli hosilalarini sinflash imkonini bergan;
Artemisia annua L., o‘simligining asosida saratonga qarshi faolligi yuqori bo‘lgan “O‘sqar” nomli BFQning Ts 303271760-001:2022 raqamli tashkilot standarti va TI 303271760-001:2022 raqamli texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilib, “Oltin vodiy tabiati” MChJ tomonidan ishlab chiqarish yo‘lgan qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 2022 yil 22 iyun`dagi 318/4552-son; 2022 yil 11 avgustdagi 318/5193-son ma’lumotnomalari). Natijada, saratonga qarshi samarali oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqarish imkonini bergan;
tabiiy va sintetik organik peroksidlar hamda ferrotsen asosida yangi moddalar olish usulidan Tojikiston milliy universitetida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanilgan (Tojikiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 16 iyundagi 167-son ma’lumotnomasi). Natijada, ferrotsenning organik peroksidlar bilan biologik faol hosilalarini olish imkonini bergan.