Verushkina Ol`ga Antonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dunaliella salina Orol shtammini tavsiflash va uning β-karotin hosil qilish potensiali», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V571.
Ilmiy rahbar: Tonkix Anatoliy Konstantinovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nasmetova Soadat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol bo‘yi mintaqasining yuqori sho‘rlangan ko‘llaridan Dunaliella salina mikrosuvo‘tini ajratib olish va tavsiflash hamda uning β-karotin manbai sifatida biotexnologik potensialini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orolbo‘yi mintaqasining yuqori sho‘rlangan suv havzalaridan Dunaliella salina mikrosuvo‘ti ajratib olingan;
Dunaliella salina AR-1 Orol shtammi pal`mello hosil qilishi bilan rivojlanishining ayrim xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Dunaliella salina mikrosuvo‘ti shtammlarining anoligiga nisbatan biologik faol moddalarning kimyoviy, asosan vitaminlar tarkibi aniqlangan;
Dunaliella salina AR-1 mikrosuvo‘tining potensiali β-karotin hosil qilishi va antioksidant faolligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dunaliella salina AR-1 mikrosuvo‘tining toza kul`turasi ajratish va uning biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
namatak, do‘lana va arslonquloq o‘tining ekstraktlarini yuqori antioksidant va antiradikal faolligining ta’siri PZ-20170919129 “Tinchitish-Shifo” va “Buyurak-Shifo” mahalliy xom ashyolari asosida sirop shaklida samarali biologik faol qo‘shimchalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyihasida askorbin kislotasi va α-tokoferolning antioksidant faolligini aniqlash uchun o‘lchovlar va standartlar to‘plamidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 22 noyabrdagi 4/1255-3260-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan ekstraktlarning terapevtik ta’sirining ayrilmas ko‘rsatkichi sifatida antioksidant faollik to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini bergan;
Orolbo‘yi mintaqasida Dunaliella salina mikrosuvo‘tlarini yuqori sho‘rlangan suv havzalarida etishtirish artemiya uchun eng qimmatli ozuqa sifatida hamda ularni su’niy ravishda ko‘paytirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 3 fevraldagi 02/18-299-son ma’lumotnomasi). Natijada, Dunaliella salina ning rivojlanish siklli aniqlangan va su’niy ravishda etishtirish asoslarini yaratish imkonini bergan.