Ergasheva Mavjuda Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Landshaftshunoslik va uning O‘zbekistonda rivojlanishi», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr93.
Ilmiy rahbar: Toshov Xudoynazar Ramazonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Hamidov Abdusamat Abdumalikovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: landshaftshunoslik va uning O‘zbekistonda rivojlanishi, nazariy va metodologik asoslarining hozirgi holatini o‘rganish va shu asosda fanning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
landshaftshunoslikni fan sifatida shakllanishi va uning metodologik jihatlari zamonaviy qarashlarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
landshaftshunoslik fani rivojlanishining hozirgi holati va uning yo‘nalishlari xronologik davrlashtirilgan hamda strukturali baholangan;
O‘zbekistonda landshaftshunoslik fanining vujudga kelishi va rivojlanishining ilmiy jihatlari (konseptual va xronologik) asoslangan;
O‘zbekistonda landshaftshunoslik fanining muammolari va uning istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Landshaftshunoslikning fan sifatida shakllanishi va uning yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilinishi hamda fanning nazariy va amaliy ahamiyatini baholash yuzasidan olingan natijalar asosida:
landshaftshunoslikni fan sifatida shakllanishi va uning metodologik asosiga oid olingan ilmiy natijalar “Landshaftshunoslik (buyuk siymolar)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi hamda 2022 yil 16 maydagi №89-05-27-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Landshaftshunoslik (buyuk siymolar)” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr etish imkonini bergan;
landshaftshunoslik fani rivojlanishining hozirgi holati va uning yo‘nalishlarining strukturali baholash bo‘yicha natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalida landshaftshunoslik fanining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq ko‘rsatuvlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 6 apreldagi 06-39-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” dasturida landshaftshunoslik fanining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish imkonini bergan;
O‘zbekistonda landshaftshunoslikning fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishining ilmiy jihatlari va uni xronologik davriylashtirishga oid natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalida landshaftshunos olimlar hayoti va ijodini yoritib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 6 apreldagi 06-39-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” dasturida landshaftshunos olimlar hayoti va ijodiga oid ko‘rsatuvlarni yaratish imkonini bergan;
O‘zbekistonda landshaftshunoslik fanining muammolari va uning istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalari “Landshaftshunoslik (buyuk siymolar)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi hamda 2022 yil 16 maydagi 89-05-27-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5140600-geografiya bakalavr ta’lim yo‘nalishidagi “Landshaftunoslik” va 5A140602-geografiya magistratura mutaxassisligidagi “Amaliy landshaftshunoslik” fanlarini mazmunan boyitish hamda ularning o‘quv dasturlarini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish