Turdalieva Xurmatoy Sultanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Angren “Suvoqova” tozalash inshootidagi tuban va yuksak suv o‘simliklarining turlari va ulardan oqova suvlarni biologik tozalashda foydalanish», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B599.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, Phd.03/30.12.2019.b.02.08.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon, biologiya fanlari doktori, professor; Toshpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren “Suvoqova” tozalash inshooti oqova suvlarining al`goflorasini tahlil qilish, oqova suvlarida o‘stirilgan yuksak suv o‘simliklarini suvning biologik tozalashdagi hamda baliqlar oziqlanishidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren “Suvoqova” tozalash inshooti al`goflorasi tarkibidan suvo‘tlarining 5 bo‘lim, 9 sinf, 12 tartib, 16 oila, 32 turkumga mansub 190 tur va tur xillari (150 tur, 34 variatsiya, 6 forma) aniqlangan va invertarizatsiya qilingan;
suv tozalash inshootida o‘stirilayotgan o‘simliklarning o‘sish-rivojlanishi hamda biomassa mahsuldorligi oqova suvlarning organo-mineral tarkibiga bog‘liqligi asoslangan;
ozuqa muhitida va oqova suvlarda o‘stirilgan Pistiya stratiotes L., Eichhornia crassipes Solms, Azolla caroliana Willd. lar vegetativ organlarining anatomik tuzilishidagi o‘zgarishlar aniqlangan;
o‘txo‘r baliqlarni oziqlantirishda suv tozalash inshootlarida etishtirilgan Pistiya stratiotes L., Eichhornia crassipes Solms., Azolla caroliana Willd. larning biomassasidan foydalanish hamda ularning mahsuldorligini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Angren “Suvoqova” tozalash inshooti al`goflorasi va unga introduksiyalangan yuksak suv o‘simliklarini suvni biologik tozalashdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Angren “SUVOQOVA” tozalash inshooti oqova suvlarda azolla, eyxorniya va ryaska o‘simliklarini o‘stirish orqali suvlarning indikator-saproblik darajasi yaxshilanib, beta-mezosaprobgacha pasaygan hamda suvdan ikkilamchi foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 1 iyundagi 03-02/7-1408-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi zararli mikroorganizmlar sezilarli darajada kamaygan, makro-va mikroelementlarning miqdori me’yorlashgan hamda oqova suvlardan texnik maqsadlarda qayta foydalanish imkonini bergan.
oqova suvlarni yuksak suv o‘simliklari yordamida biologik tozalash texnologiyasi Andijon viloyatidagi “SAMO TEXTEL” hamda “TILLO YUL TEXTELI” korxonalari oqova suvlarini tozalash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 02-14/6706-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarning mikrobiologik, sanitariya-epidemiologik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash hamda suvning tarkibidagi organik moddalar miqdorini kamayishi hisobiga kislorod miqdorini oshirib suvning biologik tozalanish jarayonlarini tezlashtirish imkonini bergan.