Narziev Jasurbek Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining ishonchlilik parametrlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3003.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – texnika fanlari doktori, professor, Sayidov Malik Temirovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining fil`tratsiya oqimlari ta’sirida deformatsiyalanishini hisoblash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘on tanasi grunti o‘zaro kichik kanallar orqali bog‘langan g‘ovaklar, berk g‘ovaklar va fil`tratsiyadan izolyasiyalangan yopiq g‘ovaklardan iborat degan gipoteza asosida, to‘g‘on tanasidan bo‘layotgan beqaror fil`tratsiyada napor gradienti, gruntlarning suv o‘tkazish koeffisienti va Pekle mezoni o‘rtasidagi bog‘liqlikning gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
to‘g‘oni tanasidan bo‘layotgan beqaror fil`tratsiyada, Guk qonuni hamda N`yuton mezoni asosida to‘g‘on gruntining umumiy deformatsiya modulini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
suv ombori to‘g‘oni tanasi va asosidan bo‘layotgan nostatsionar fil`tratsiya sharoitida, Guk qonuni hamda Puasson mezoni asosida to‘g‘on tanasi gruntining nisbiy deformatsiyalanishini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
Guk qonuni, Bussinesk modeli hamda N`yuton mezoni asosida izotrop gruntlar uchun suv ombori to‘g‘oni yuqori prizmasining vertikal deformatsiyalanishini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining ishonchlilik parametrlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ombori to‘g‘oni va undagi gidrotexnika inshootlaridan ishonchli va havfsiz foydalanish me’yorlari Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyudagi DT65103875 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘on xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yillik harajatlar 25 foizga (3,7 mlrd. so‘m) iqtisod qilingan.
gruntli to‘g‘onlar tanasidan bo‘ladigan beqaror fil`tratsiya oqimini hisoblashning takomillashtirilgan usullari, suv ombori to‘g‘onini fil`tratsiya oqimlari ta’sirida deformatsiyalanishining takomillashtirilgan gidravlik modeli va suv ombori to‘g‘oni va undagi gidrotexnika inshootlaridan ishonchli va havfsiz foydalanish me’yorlari Farg‘ona viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyuldagi DT65103875 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘rg‘ontepa suv ombori suv resurslarini tejash imkoniyati 5-7 foizga oshirilgan.
gruntli to‘g‘onlar tanasidan bo‘ladigan beqaror fil`tratsiya oqimini hisoblashning takomillashtirilgan usullari hamda suv ombori to‘g‘onini fil`tratsiya oqimlari ta’sirida deformatsiyalanishining takomillashtirilgan gidravlik modellari “Gidroborpo-loyiha” XK faoliyatiga joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyuldagi DT65103875 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnitka inshootlarini loyihalash va qurishda ekspluatatsiya xarajatlarini 2-3 foizga qisqartish imkoniyati yaratilgan.