Ollanova Shaxnoza Sirliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi   himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlari» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib924.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat   tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Mamedbayli Aytan Kamal qizi, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Artikova Mavlyuda Abduraxmonovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent,
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligi bilan xastalangan bemorlarda og‘riq sindromining klinik va nevrologik xususiyatlarini baholash orqali davolashda differensial yondashuvni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligida namoyon bo‘luvchi surunkali og‘riq sindromi motor simptomlarga bog‘liq mezonlari asoslangan;
Parkinson kasalligidagi surunkali og‘riq sindromining namoyon bo‘lish darajasi qondagi gomotsistein miqdorining ko‘payishi va sianakobalamin miqdorining kamayishi bilan bog‘liq xolda kechishi asoslangan;
Parkinson kasalligida og‘riq sindromi kelib chiqishi levodopa dori vositasining metabolik asorati gomotsistein miqdorining ko‘payishi, aksonopatiya va mielinopatiya rivojlanishiga bog‘liqligi isbotlangan.
Parkinson kasalligini davolashda ritmik transkranial magnit stimulyasiya asosiy davo muolajasi fonida yuqori samara berganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini davo choralarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligida og‘riq sindromining differensial diagnostikasi va davo choralarini takomillashtirish chora-tadbirlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/504-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini erta baholash natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini davo choralarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligida og‘riq sindromining tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/504-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini aniqlash va davolash maqsadida ishlab chiqilgan algortm natijalar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Parkinson kasalligida og‘riq sindromining klinik variantlarini davolashda differensial yondashuvni optimallashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand viloyati Payariq tumani tibbiyot birlashmasi va Shukrona xususiy shifoxonasining nevrologiya bo‘limlarning klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08/09/19742-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Parkinson kasalligidagi og‘riq sindromining shakllanishining bosqichligi ajratish natijasida turli klinik ko‘rinishga ega bo‘lgan bir nechta patofiziologik mexanizmlar bilan kechuvchi markaziy va periferik komponentni o‘z ichiga olgan besh xil turdagi og‘riqlar miofassial, radikulyar, distonik, markaziy nevropatik va neyropatik og‘riqlarning turlariga qarab davolash taktikasini tanlash va davo samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish